Fruzaxon Ro‘zimova Urganch Davlat pedagogika universitetining “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi.
1965 yil 30 mayda Urganch shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 1982 yil shahardagi 6 - maktabni “a’lo” baholarga tugatib, Xorazm Davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirdi. Ijodkorligi, izlanuvchanligi bilan oliygohda ham barchaning e’tiboriga tushdi. O‘ta ilmiy maqolalari, kurs ishlari talabaning yorqin kelajagidan darak berardi. Universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgan mutaxassis 4 - maktabda o‘qituvchi bulib ishlay boshladi. 10 yillik tajriba bilan 1996 yil Urganch Davlat pedagogika universitetiga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilindi.
Feruzaxon ilmiy tadqiqotlar ham olib bormoqda. Undagi ilmga ixlos padari buzrukvori - pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M. Jumaniyozovdan meros. “Jadidlar harakati yoxud yosh xivaliklarning ma’naviy, ma’rifiy qarashlari” mavzusida pedagogika tarixi yo‘nalishidagi ilmiy ishini yozib, olimlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. U shogirdlariga nisbatan talabchanligi bilan ham ajralib turadi.
Feruzaxon shiringina ikki farzandning onasi. Turmush o‘rtog‘i — muxandis D. Ro‘zimov bilan doim el xizmatida.
Ezgu tilakli insonning toleyi ham baland bo‘lishiga aminmiz.