O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rustamov Hasanali

Rustamov HasanaliFilologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1922  yilda Namangan  viloyati  Yangiqo‘rg‘on  tumanida tavllud topgan. 1940 - 1941 yillarda Toshkent  davlat pedagogika institutida, 1943 yilda  bir yillik  o‘qituvchlar tayyorlash  kursda o‘qigan. 1942 - 1945  yillarda   II   Jahon urushida  ishtirok etgan. 1948 yilda Farg‘ona davlat  pedagogika instituti o‘zbek tili va adjabiyoti  fakultetini tomlagan. 
    1939 - 1942, 1945 - 1946 yillarda Yangiqo‘rg‘on  tumani  maktablarida  o‘qituvchi, o‘quv bo‘lmi  boshlig‘i, maktab direktori  lavozimlarida  ishlagan. 1948 - 1963 yillarda  Farg‘ona davlat pedagogika instituti o‘zbek tilshunosligi  kafedrasida o‘qituvchi, 1963 - 1971 yillarda katta  o‘qituvchi, 1971 yildan  umrining  oxiriga  qadar kafedra dotsenti siftida  faoliyat olib borgan.
    1960 yilda “Hozirgi o‘zbek tilida to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ustoz H. Rustamov izchil ravishda o‘z bilimini ta’lim - tarbiyaga bog‘lab borar edi. Professor A. Mamajonov bu haqida shunday qayd etadi: “Ta’limni unumli mehnat va axloq - odob bilan uzviy aloqadorligini ta’minlab olib borishning namunali tarbiya vositasi ekanligini o‘z vaqtida anglagan va buni o‘zining butun pedagoglik faoliyatida amalga oshirgan ustozlarimizdan biri zabardast olim Hasanali Rustamovdir. Ustoz ona tilimizning haqiqiy jonkuyari edi. Domla hamisha bir gapni takror - takror aytardi: “Ona tilini mukammal bilish - dunyoni bilish kaliti”.
    Olimning “O‘zbek tili o‘qitish metodikasidan kurs ishlari tematikasi” (1958), “Sintaksis va punktuatsiya o‘qitish metodikasi” (1960), Kechki ta’lim maktablarining 5 - 8 sinflari uchun “O‘zbek tili darsligi” (ham muallif, 1973), “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” (ham muallif, 1975), Kechki ta’lim maktablarining 9 - 11 sinflari uchun “O‘zbek tili darsligi” (ham muallif, 1977), “O‘zbek tili stilistikasi” (ham muallif) singari qator kitoblari o‘zbek tili va uni o‘qitish sohasida muhim manba sifatida o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80