Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
1927 yil 10 martda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1943 yilda Kattaqo‘rg‘on ped bilim yurtini tamomlagan. 1950 yilda Alisher Navoiy nomidagi davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan.
1944 - 1945 yillarda Kattaqo‘rg‘on tumanida maktab o‘qituvchisi, 1945 -1952 yillarda Kattaqo‘rg‘on pedbilim yurti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 1956 -1963 yillarad O‘zR FA Til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi, 1963 - 1968 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri vazifasida ishlagan. 1968 yildan boshlab O‘zR FA Til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi lavozimida mehnat qilgan.
1956 yilda “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida inkor kategoriyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
T. Rustamovning “G‘ozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘makchilar” nomli monografiyasi hamda hammualliflikdagi “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kitobi o‘zbek tili morfologiyasi taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.