O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sarimsoqov Qochqor

Fizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent

    1931 yil 5 avgustda Andijon viloyati Marhamat  tumanidagi Darvoz qishlog‘ida tavallud topgan.1950 yili Farg‘ona  davlat  pedagogika instituti fizika - matematika fakultetining  matematika bo‘limiga  o‘qishga kirib, 1954 yili tamomladi. O‘qishni  tamomlagandan so‘ng, matematik analiz kafedrasida o‘qituvchi lavozimiga ishga olib qolindi.
  1956 yilda ToshDUda shogird - tadqiqotchi,1962 - 1964 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti  aspiranti bo‘lgan. 1967 yilda “Bir jinsli Markov  zanjirlari uchun markaziy limit teorema” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.1957 - 1960 yillarda fizika - matematika fakultetining sirtqi  bo‘limi bo‘yicha dekan  muovini, 1969 - 1970 yillarda  matematika fakultetining umumiy matematika kafedrasi mudiri, 1970 - 1975 yillarda algebra va sonlar nazariyasi  kafedrasi  mudiri, 1975 - 1980 yillarda  matematika  fakulteti dekani lavozimida  ishlagan. U 1972 va 1983  yillarda   Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan ehtimollar  nazariyasining  limitik  teoremalariga  bag‘ishlangan  xalqaro ilmiy anjumanda  o‘z maruzali  bilan ishtirok  etgan.  40 dan ortiq  maqolalar  muallifidir.
  Q. Sarimsaqov 1972 yilda  pedagogika  sohasidagi xizmatlari uchun  O‘zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig‘i  bilan, 1991 yilda Farg‘onada  oliy  talimning 60 yilligi  munosabati bilan  “O‘zbekiston xalq  maorifi  alochisi” nishoni  bilan  taqdirlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5