O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Saydaliyev Ubaydullo

Saydaliyev UbaydulloQishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan  qishloq  xo‘jaligi  xodimi

    1923 yil 18 dekabrda Namangan viloyati Chust  tumanida tug‘ilgan. 1936 yilda  Chust tumanidagi  1- o‘rta maktabni  tamomlagan. 1941 yilda  Farg‘ona  pedagogika  institutiga kirib, bir necha vaqt o‘zi  o‘qigan 1 - o‘rta  maktabda ishlagan.
    1941 yil dekabrda armiya  xizmatiga  ketib, Ikkinchi jahon urushida  qatnashgan. Urush yillaridagi   xizmatlari  uchun orden va medallar  bilan mukofotlangan.
    1948 yil Farg‘ona  davlat pedagogika  institutining  biologiya  fakultetini  tamomlagandan so‘ng,  shu fakultetning  botanika  kafedrasida o‘qituvchi, katta  o‘qituvchi va fakultet  dekani  lavozimlarida ishlagan.
    1955 - 1956 o‘quv  yilidan  jismoniy tarbiyaning  amaliy jihatdan biologiyaga   yaqinligini  hisobga  olib,  bo‘lim  biologiya   fakulteti   tarkibiga o‘tkazilgan. Bu davrda  fakultet  dekani  lavozimida ishlagan. SaydaliYev bo‘limga  alohida  etibor  qaratib,  o‘quv  ishlari   saviyasini  oshirishda  bir qancha  samarali  ishlarni  olib borgan.
    1959 - yili nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli  himoya qilgan. 
    1959 - yildan 1984 yilgacha  Farg‘ona qishloq  xo‘jalik ilmiy tekshirish  institutida  direktor  bo‘lib ishlagan.
    U. Saydaliyev  faoliyati davomida  respublikamizning  nufuzli  jurnallarida 50 dan ortiq  ilmiy maqola , xorijiy , respublika va universitet miqyosida o‘tkazilib  kelinayotgan   anjumanlarda 200 dan ortiq maqola va tezislar  nashr ettirgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5