O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Shayxova Nazira Islomovna

Shayxova Nazira Islomovna    Poytaxtimizdagi “ Chinobod” sanatoriysining  davolash  ishlari bo‘yicha bosh shifokori  muovini , tibbiyot fanlari nomzodi Nazira Shayxova  ko‘p  yillardan beri  tibbiyot sohasida samarali  mehnat qilib kelmoqda . Jamoda ham, bemorlar  orasida ham bu ajoyib insoning obro‘-e’tibor topishiga sabab, birinchi navbatda o‘z kasbiga bo‘lgan cheksiz mexr-muhabbati, fidoyiligidir.
    Naziraxonni radio va televidenya orqali yaxshi taniysiz.U 1965—1976 yillarda O‘zbekistoi teleradiokompaniyasiniig xozirgacha davom etayetgan «Sixat-salomaglik», 1977 — 1988 yillarda «Onalar maktabi», «Vrach maslaxati» nomli ko‘rsatuvlarining olib boruvchisi, tashkilotchisi, muallifi.
    Shayxova Nazira Islomovna 1943 yili 10 avgustda tug‘ilgan. 1960 yili o‘rta maktabni oltin medal bilan tugallab, o‘sha yili Toshkent Davlat tibbiyot oliygoxining davolash fakultetiga o‘qishga kiradi va 1966 yili imtiyozli diplom bilan tamomlaydi. Ish faoliyatini 1966 yili ToshDTIniig «Anatomiya» kafedrasida assistentlik vazifasida boshladi. 1967 — 1976 yillar mobaynida Toshkent shaxar sog‘liqni saqlash Boshqarmasi sanitariya maorifi uyida bosh shifokor lavozimida xizmat qildi. 1976-1978 yillar davomida Toshkent shahar 1-son klinik yuqumli kasalliklar kasalxonasida shifokor-ordinator, 1978—1981 yillarda Kibernetika institutiniig aspiranti bo‘lib, «Sog‘liqni saqlashni boshqarishda matematik metodlarni qo‘llash» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Toshkent shahar poliklinikalarining faoliyati asosida kasallikni kamaytirishda oilaviy shifokorlikning ahamiyatini ko‘rsatib berdi. Uning metodi xozirda keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Aspiranturadan so‘ng yana yuqumli kasalliklar kasalxonasiga qaytdi va bosh shifokorning davolash ishlari bo‘yicha muovini lavozimida ishladi.
    U o‘z kasbini sevadigan, bilimdon mutaxassis. O‘z ustida muntazam ishlaydigan, vazifasiga mas’uliyat va javobgarlik xissi bilan qaraydigan, uddaburon tashkilotchan, talabchan, insonparvar, adolatli rahbar. Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan bemorlarga ko‘p qirrali, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida sihatgoh rahbariyati, jumladan, Nazira Shayxovaning bevosita boshchiligi va ishtirokida sihatgoxda «Ona va bola», «Kandli diabet» bo‘limlari, ginekolog, androlog, psixonevrolog, quloq-tomoq-burun, ko‘z qasalliklarini aniqlovchi va davolovchi shifokor xonalari ochildi va faoliyat ko‘rsatmokda. Davolash muolajalarining turlari kengaytirildi, oshqzon-ichak tizimi, yurak qon tomirlari, ayollar va erkaklar jinsiy tizimi kasalliklarini davolash uchun quyi chastotali infraqizil lazer nurlari, gidroaeroionizatspya davolash xonalari ishga tushirildi va bunday davolash usullari samarali natijalar bermoqda.
    P.Shayxova ilmiy-amaliy maqolalari bilai respublika, hamdo‘stlik davlatlari , Sog‘liqni saqlash a’lochisi. 20 ga yaqin maqolalari va tavsiyanomalari chop etilgan.
    U O‘zbekiston Kurortlar Boshqarmasi yo‘llanmasi bilan «Havotog‘» va «Oqtosh» sihatgoxlarining faoliyat boshlashiga amaliy yordam ko‘rsatiliishga o‘z hissasini qo‘shdi. 1997 yildan Yunusobod tumani xotin-qizlar qo‘mitasida «Ayol, ekologiya va salomatlik» uyunshasi raisi xamdir.
    Nazira opaning oilasi mahalla ahli orasida katta hurmat va e’tiborga sazovor, ibratli oilalardan. Turmush o‘rtog‘n ham, farzandlari ham ilm yo‘lidan ketishgan - fan nomzodlari, el-yurt og‘irini yengil qilishdek sharafli niyatni dillariga jo qilganlar. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar20



Tabiiy fanlar70



Filologiya5