O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sobirova Marxabo Abdug‘aniyevna

    Sobirova Marxabo Abdug‘aniyevna 1971 yil 16 sentyabrda Tojikiston Respublikasi, Leninobod (hozirgi Sug‘d) viloyati, G‘o‘lakandoz qishlog‘ida tug‘ilgan. Tumandagi 5 - o‘rta maktabda a’lo baholarga o‘qidi. Xuddi mana shu o‘quvchilik yillarida unda adabiyotga, she’riyatga havas uyg‘ondi, tuman gazetasida uning she’r, maqollari chop etilib turdi.
    1988—1993 yillarda Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika fakultetida tahsil oldi. Talabalik yillarida “O‘zbekiston ovozi”, “Yosh kuch”, “Yoshlik”, “Sharq yulduzi” kabi gazeta va jurnallarda o‘z she’rlari, maqolalari bilan qatnashib turdi. Talabalikning so‘nggi yillarida u tahsil ola turib Respublika radiosida xam ishlay boshladi. 1992 — 2002 yillarda mazkur dargoxda avval nusxa ko‘chiruvchi, so‘ng muharrir, katta muxarrir, guruh rahbari, bo‘lim boshlig‘i vazifalarida mehnat qildi. Uning “Ish bilganga ming tanga”, “Istiqlol ufqlari”, “Mustaqillik va dunyoqarash”, “Muvozanat”, “Qadriyatlar”, “O‘zbekiston — Vatanim manim”, “Ma’naviyat chashmalari”, “Zamonamiz qahramonlari” kabi eshittirishlari o‘z tinglovchilariga ega bo‘ldi. Ayniqsa, uning mualliflik eshittirishlari bo‘lgan “Shu aziz Vatan barchamizniki” radiojurnali radio to‘lqinlari orqali O‘zbekistonning eng chekka qishloqlariga ham kirib borib, muxlislar qalbidan joy oldi.
    Marxabo Sobirova bir necha yil davomida “Dugonalar” radiojurnalini tayyorladi. Uning tashabbusi bilan 1999 yili “Dugonalar” radiojuriali tashkil etilganiga qirq yil to‘lishi munosabati bilan viloyatlarda, tumanlarda, olis qishloqlarda yuzma - yuz uchrashuvlar tashkil etildi, joylardan o‘nlab eshittirishlar tayyorlandi.
    Marhabo Sobirova Respublika radiosidagi ishidan ajralmagan holda 1995 - 1998 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Ibrohim Mo‘minov nomidagi Falsafa va xuquk instituti aspiranturasida tahsil oldi. O‘zbekistonning yetakchi olimlaridan biri falsafa fanlari doktori, professor Abdulhafiz Jalolov rahbarligida “Milliy istiqlol mafkurasi mohiyati, manbalari, ijtimoiy vazifalari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bordi. Bu izlanishlari matbuot sahifalari va radio orqali o‘z aksini topib turdi. Nihoyat 2001 yilda Marhabo Abdug‘aniyevpa nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Falsafa fanlari nomzodi  ilmiy darajasini oldi.
    Olima - jurnalist 2002 yilning sentyabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent yuridik kolleji Ijtimoiy fanlar kafedrasida katta o‘qituvchi vazifasida ishlab kelmoqda. U “O‘zbekiston Respublikasi Kasb - hunar ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasidir. M.Sobirova Kasb - hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan yangi tahrirdagi “Milliy istiqlol g‘oyasi” (2004) darsligining mual- liflaridan biridir.
    Uning fazilatlariga bir pazar. Tipib-tinchimas, o‘ziga hamisha tanqid nazari bplan qaraydi, oldiga qo‘ygan maksadga erishishga harakat qiladi. Hayot qaysidir jihatdan unga zarba bersa, hech ikkilanmay yangi marralarni ko‘zlab harakat boshlaydi.
    Hayotdagi shiori: yaxshilik xech qachon unutilmaydi, zero intilganga tole yor.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5