O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Soipova Kamola Davlataliyevna

Soipova Kamola Davlataliyevna    O‘zbekiston Milliy universitetining Tarix fakulteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Soipova Kamola Davlataliyevna pedagogik faoliyati, faolligi, intiluvchanligi, ilmiy salohiyati bilan ko‘zga ko‘rinayotgan yosh olimalardan. U 2006 yilda ToshDPUning Tarix fakultetini tamomlagan, hamda O‘zMUning aspiranturasida o‘qigan. 2011 yilda “ Istoriya Narodnogo komissariata po natsionalnim delam Turkestanskoy ASSR (1918 - 1924 gp)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (Ilmiy rahbari tarix fanlari doktori Rahbarxon Murtazayeva).
  Kamola Soipova universitet, fakultet va kafedra miqyosidagi jamoat ishlarida muntazam ishtirok etadi, iqtidorli talabalar bilan ishlash borasidagi faol professor - o‘qituvchilardan hisoblanadi.
  Dotsent Kamola Soipova O‘zbekiston tarixi fanidagi muammolar va ularning yechimini topishga qaratilgan xalqaro Qozog‘iston (Almati, 2011, 2013, 2014, 2015), Rossiya (Moskva, Yekaterenburg 2011, 2014, 2015), Avstriya (Vena, 2015) va respublika anjumanlarida (Namangan, 2012, Qarshi, 2014, Andijon, 2015, Toshkent, 2011 - 2015 yy.) o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashib kelmoqda.  
  Yosh olima “O‘zbekiston tarixi” kafedrasida faoliyat ko‘rsatayotgan davrdan boshlab Milliy universitet, Tarix fakulteti miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan ma’naviy - ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etib kelmoqda. U “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi xuzurida 2006 yil tashkil etilgan “Millatlararo gotuvlik va bag‘rikenglik” ilmiy markazi a’zosi sifatida har yili 16 noyabr Butunjahon tolerantlik (bag‘rikenglik) kuniga bag‘ishlab, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi gashabbusi bilan muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan davra suhbatida bevosita o‘z chiqishlari bilan ishtirok etib kelmoqda. Davra suhbati doimiy ravishda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, “Adolag” sotsialdemokratik partiyasi, ushbu partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlar fraktsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilib kelinmoqda. Shuningdek, Kamola Soipova respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan milliy - madaniy markazlar ishtirokida tashkil etilgan Konstitutsiyaning 20 yilligiga bag‘ishlab, 2012 yil 17 dekabrda o‘tkazilgan bayram dasturida bevosita ishtirok etdi.
  2012 yil 12 dekabrda O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram dasgurida tashkilotchilardan biri sifatida ishtirok etdi.
  Kamola Soipova O‘zMUda muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan sport - sog‘lomlashtirish tanlovlari, musobaqalar ishtirokchisi hamdir. Xususan, u muntazam ravishda O‘zMU xotin - qizlari o‘rtasida “Streytbol” musobaqalarida qatnashib kelmoqda. 2013 - 2014 yillarda bu musobaqalarda u faxrli 2 - o‘rinni egallab, universitet faxriy yorliqlari bilan ham taqdirlandi.
  Yosh dotsent Kamola Soipova O‘zbekiston xotin - qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston xotin  - qizlar “Olima” uyushmasi a’zosi, uyushma kotibi hamdir. Undan tashqari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Gumanitar fanlar ta’lim yo‘nalishi” bo‘yicha o‘quv - uslubiy komissiyasining kotibi. Bu borada u yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z faolligi, ilg‘or g‘oyalari bilan ajralib turadi. Kafedrada “Havaskor tarixchi” to‘garagining rahbari bo‘lib, turli fakultetlarda tahsil olayotgan talabalarni tarix faniga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga tegishli hissa qo‘shib kelmoqda. Muntazam tarzda har yili O‘zMU tashkil tongan sana - 12 mayga bag‘ishlab o‘tkazib kelinayotgan iqtidorli talabalarning ilmiy - amaliy anjumanini tashkil etish ishchi guruhining a’zosi.
  Yosh olima Kamola Soipova “Globallashuv jarayonida yoshlar mafkuraviy immunitetini oshirish: zamonaviy yondashuv va ta’lim – tarbiya” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda (2011 yil) qatnashdi.
  Shu bilan birga Butunjahon tolerantlik kuniga bag‘ishlangan “Adolat” sotsial - demokratik partiyasi hamda Toshkent shahar kengashi bilan hamkorlikda uyushtirilgan tadbirda (2011 yil) ishtirok etdi. 
  Kamola Soipova yosh bo‘lsa - da, iqtidorli, mahoratli pedagog, izlanuvchan, ilmga chanqoq olima, jamoat ishlarida faol, fidoyi inson sifatida o‘z hamkasblari, ustozlari, talabalar o‘rtasida hurmatga sazovor.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5