O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Soliyev Ahmadjon

Soliyev Ahmadjon    Ahmadjon Soliev 1940 yil 5 mayda Namangan viloyati Uychi tumanining Xizirobod qishlog‘ida tug‘ilgan.
    1957 yili qishloqdagi 5 - o‘rta maktabni bitirdi.1958 - 1962 yillarda Samarqand kooperativ institutining tovarshunoslik  fakultetini imtiyozli diplom bilan  bitirib,Uchqo‘rg‘on shahrida matlubot jamiyati bosh tovarshunosi hamda boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. Uni 1964 yili Samarqand kooperativ institutining savdoni tashkil etish va texnikasi kafedrasiga assistent lavozimiga ishga taklif qilindi. A. Soliev 1966 yili Moskva kooperativ instituti aspiranturasiga kirib, 1970 yili “Aholiga savdo xizmati ko‘rsatishning progressiv usullari” mavzusidagi dissertatsiyani muvaffaqiyatli yokladi va iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi.
    Samarqand kooperativ institutiga qaytib kelib katta o‘qituvchi, dotsent, professor hamda tovarshunoslik fakulteti dekani, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor va rektor lavozimlarida 1992 yilgacha faoliyat ko‘rsatdi. U 1986 yilda M.V. Lomonosov nomli Moskva davlat universitetida “Markaziy Osiyo davlatlari qishloq joylarida iste’mol tovarlari bozori infratuzilmasining mutanosib rivojlanishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
    A. Soliev 150 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, ularning 8 tasi risola bo‘lib, 2 tasidan AQSh universitetlarida foydalanilmoqda. 1993 yildan boshlab avval Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutida, so‘ngra Namangan muhandislik-pedagogika institutida kafedra mudiri va professor lavozimlarida ishlab kelmoqda. Namanganda moliya va kredit, buxgalteriya hisobi va audit, marketing mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
    1997 yilda A. Solievning O‘zbekistonda birinchilaridan bo‘lib marketing fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasi “Uqituvchi” nashriyotida chop etildi va Oliy va o‘rta- maxsus ta’limi vazirligi tavsiyasi bilan barcha universitet va institut hamda kollejlarda foydalanilmoqda.
    A. Soliev 1996 yildan beri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining maxsus ilmiy kengashi a’zosidir. Uning ilmiy rahbarligida 3 nafar fan nomzodi tayyorlandi va 4 ta fan doktorligi uchun tayyorlangan dissertatsiyalarga ilmiy maslahatchi bo‘ldi.
    Ahmadjon Solievga 2000 yilda ta’lim sohasidagi keng qamrovli fidokorona mehnatlari uchun “Ustoz” faxriy unvoni berildi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5