Po‘lotjon Salimovich Sultonov 1958 yil 9 mayda Namangan viloyati Chust tumani Olmos qishlog‘ida tug‘ilgan. 1975 yilda Olmos qishlog‘idagi 20 - o‘rta maktabni bitirgan.
1975 - 1980 yillarda Toshkent davlat universitetining geologiya fakultetida o‘qigan.
1980 - 1986 yillarda ToshDUning geologiya fakulteti litologiya ka fedrasida muhandis - tadqiqotchi davozimida ishlagan.
1986 — 1987 yillarda “Toshkentgeologiya” birlashma- sining konlarni kompleks qidirish ekspeditsiyasida geolog bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.
1987 — 1990 yillarda O‘zbekiston fanlar akademiyasining Geologiya va geofizika instituti aspirantura- sining kunduzgi bo‘limida o‘qib, 1991 yilda “Farg‘ona vodiysida tarqalgan paleogen davriga xos tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkoniyatlarini tadqiq etish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va geologiya - mineralogiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
1990 — 1992 yillarda shu institutda kichik ilmiy xodim vazifasida ishlagan.
1992 — 1993 yillarda ToshDUning geologiya fakulteti litologiya kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishlashga taklif etilgan.
1993 — 1999 yillarda Namangan sanoat - texnologiya institutining (hozirgi NamMPI) texnologiya fakul- teti, ekologiya va mehnat muhofazasi kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishladi.
1999 yildan hozirgacha ekologiya va mehnat muhofazasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmokda.
1999 yilda ekologiya va kimyo kafedrasi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan.
2000 yilda Respublika “Ustoz” jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan Frantsiyaning Parij shahrida ekologiya sohasi bo‘yicha malaka oshirib qaytgan.
P. S. Sultonov 1 ta darslikka hammuallif, 10 dan ortiq uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar hamda 50 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifidir.
Hozirgi kunda “Farg‘ona vodiysi hududida tarqalgan tabiiy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bormoqda.