Falsafa fanlari doktori, professor
1936 yil 21 martda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Yovi qishlog‘ida dunyoga keldi. U 1950 - 1954 yillari Kattaqo‘rg‘on shahridagi pedagogika bilim rtida tahsil oldi. 1954-1959 yillarda Samarqand davla universitetining tarix fakutetida o‘qidi.
Y.Toirov 1959 yildan to umrining oxirigacha Farg‘ona avatggogika institutida o‘qituvchi , dotsent, kafedra mudiri , ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor,kafedra professori lavozimlarida ishlab keldi.
1962 - 1965 yillarda Sankt - Peterburg davlat universiteti aspiranturasida o‘qidi va 1965 yili nomzodlik, 1981 yili shu yerda “Ommaning mehnat sohasidagi faolligi” mavzusida doktorlik dissetatsiyasni yoqladi . 1983 yildan professor .
U ko‘plab ilmiy konferentsiyalarning faol qatnashchisi. 80 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, ilmiy maqola , uslubiy ko‘rsatmalar e’lon qildi. Uning ko‘magida ko‘plab nomzodlari yetishib chiqdi.”Farg‘ona davlat universitetida xizmat ko‘rsatgan professor” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi hamda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.