Nabiya opa yoshligida matematika faniga ixlos qo‘ydi. Bu fanning etagidan tutish oson emasligi ko‘pchilikka ayon hodisa. Yo‘q,u shashtidan qaytmadi. Shu fanning bilimdon sohibi bo‘lish ishtiyoqida o‘ktamlik bilan BDPI fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kirdi. 1970-yilda BDPI fizika- matematika fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan yosh, iqtidorli muallimani Umumiy matematika kafedrasida ishga olib qolishdi. U zavq-shavq bilan, o‘ziga hos tirishqoqlik va izlanuvchanlik bilan ustozlar safida ish boshladi. Nabiya Abdullaevna bo‘lajak mualimlarga Oliy matematika, Oliy algebra, Elementar matematikadan yuqori saviyada ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish barobarida, ilmiy saloxiyatini oshirishda ham o‘zida bir ichki da’vat sezdi. Bu da’vat fan nomzodi bo‘lish yo‘llaridagi ilk tuyg‘u edi. Nabiya Abdullaevna bu holis yo‘lda uzoq yillar izlanishlar olib bordi.1992-yil sentyabr oyida kutilgan fursat yetdi. Moskva Davlat universitetida o‘zbek olimasining "Talablarni matematik darslarni tuzish va tashkil etishga o‘rgatish" mavzuyidagi nomzodlik ishi bir ovozdan ma’qullandi.Kuchiga kuch va g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shilgan olima birin-ketin maqolalar e’lon qildi. Hususan, 1994-yil chop etilgan "Tengsizliklarni yechish" nomli kitobni talabalar va maktab o‘qtuvchilarning nodir ma’naviy mulkiga aylandi, mana uch yildirki bu kitob muhim qo‘llanma sifatida o‘rganilib kelmoqda.