O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Toshpulatov Mirzaabdulla

Toshpulatov MirzaabdullaFalsafa fanlari nomzodi, dotsent

    1942 yil 15 dekabrda Rishton  tumanidagi  Bojay qishlog‘ida  tavallud topgan.1959 yilda 4 - o‘rta maktabni alo  baholar  bilan  tugatgan. 1959 - 1960  o‘quv  yilida  mazkur  maktabda  katta  yetakchi  bo‘lib ishlgan. 1960 - 1965 yillarda  Farg‘ona davlat  pedagogika instituti  tarix - filologiya fakultetida, 1968 – 1971 - yillarda  esa Sankt - Peterburg  universiteti falsafa fakulteti aspiranturasida tahsil oldi.
  1971 yilda falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasiga, 1974 yilda dotsentlik unvoniga ega bo‘ldi.
  M. Toshpo‘latov 1966 yildan FarDUning falsafa, ijtimoiy - siyosiy munosabatlar nazariyasi, siyosatshunoslik, sotsiologiya, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedralarida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishladi. U qishloq xo‘jalik mehnatining ijtimoiy muammolari bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlari bilan shug‘ullandi. “Qishloq xo‘jalik mehnatining siyosiy mehnatning bir turiga aylanishi”, “Agrosanoat integratsiyasi va qishloqlarning sotsial istiqboli”, “Jamiyatda sotsial munosabatlarning rivojlanishi” kabi monografiya va risolalar, shuningdek, 60 ga yaqin ilmiy - uslubiy maqolalar muallifidir.
  M. Toshpo‘latov viloyat, shahar va universitet ijtimoiy - siyosiy hayotida faol ishtirok etdi. 2009 yildan nafaqaga chiqqan. 2018 yil 7 iyulda Farg‘ona shahrida vafot etdi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5