O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

To‘xtayeva Zuxra Sobirovna

    To‘xtayeva Zuxra Sobirovna 1940 yil 10 dekabrda Toshkent viloyati Sirdaryo tumanida tavallud topdi. 1961 yil Samarkand Davlat Universiteti filologiya fakultetiga o‘qishga kirgan. 1966 yili uni muvaffaqiyatli tamomlab, rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi, filolog mutaxassisi diplomini oladi. 1966 yildan hozirgi Guliston Davlat Universitetida rus tili va adabiyoti kafedrasida o‘qituvchi, so‘ngra katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan.
    1972 yil Zuxra To‘xtaeva Moskva shahriga yo‘l oladi. Olimalik, fan soxasidagi izlanishlar uning fikru o‘yini band qilgan edi. 1975 yil asipranturani muvaffaqiyatli tamomlaydi. 1977 yilda esa kandidatlik dissertatsiyasini yoqlaydi.
    Ilmiy izlanishlarga moyillik, o‘zi ustida tinmay ishlashi va asosiysi kasbiga sadoqati 1978 yilda uni rus tili va adabiyoti kafedrasiga mudirlik lavozimiga ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. 1987 yildan buyon Zuxra Sobirovna rus tili kafedrasi dotsenti, so‘ng kafedra mudiri etib tayinlandi. 1993—1997 yillar adabiyot kafedrasi mudiri, keyinchalik rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti  lavozimlarida  faoliyat olib bormoqda.
    To‘xtaeva Zuxra Sobirovna rus tili fonetikasi, morfologiyasi fanlaridan mashg‘ulotlar olib boradi. Uning xizmatlari “Xalq maorifi a’lochisi” unvoni, “Mexnat faxriysi” medallari bilan taqdirlangan.
    O‘z ishiga sadoqatli, ilm fidoyisi bo‘lmish Zuxra Sobirovnaning qirqdan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80