O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Tursunova Umida Haydarovna

    Toshkent Arxitektura va qurilish institutining “Injenerlik kommunikatsiyalarini loyihalash, qurish va ishlatish” kafedrasi dotsenti Tursunova Umida Haydarovna o‘z ish faoliyatini Toshkent Politexnika instituti (Hozirgi TDTU) dan boshlagan. U qayerda ishlamasin, o‘zining ishga fidoyiligi, ilmga chanqoqligi, intiluvchanligi, samimiyati, yutuqlari bilan barchaning hurmat - e’tiboriga sazovor bo‘lib keladi.
  Umida Tursunovaning nomzodlik dissertatsiyasi Shaharni gaz bilan ta’minlash mavzusida bo‘lib, gaz tizimini loyihalash borasida elektron hisoblash mashinalari yordamida tuzilgan algoritm va dasturlar yirik shaharlarni hisoblash bo‘yicha qilingan ilmiy ishdir. Algoritm asosida tuzilgan dasturlar hozirgi paytda loyiha institutlarida, talabalarni o‘qitishda tadbiq etilgan.
  Olima yangi fan dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari tayyorlashda faol ishtirok etib kelmoqda.
  “Taz tizimlarini hisoblashda algoritm va dasturlar”, “Kichik issiqlik ta’minoti tizimlari”, “Issiqlik ta’minoti”, “Binoning issiq suv ta’minoti”, “Gaz, neft quvurlarini loyihalash  va qurish” mavzusidagi o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan. Shuningdek, “Gaz ta’minoti tizimlarida issiqlik manbalari va ularning yo‘nalishi”, “Issiqlik ta’minoti tizimlari gidravlik hisoblarning algoritmlari”, “Gaz ta’minoti tizimlarida manbalarining sonini aniqlash”, “Issiqlik ta’minoti tizimlarining parametrlari”, “Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi”, “Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi, hozirgi kundagi holati va istiqbollari” “Ta’limda modul texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, markazlashgan optimal rostlash grafiklari”, “Tarixiy qadriyatlar - ma’naviyat ko‘zgusi”, “Issiqlik ta’minoti tizimidagi issiqlik tarmoqlarining ishonchliligi”, “Issiqlik ta’minoti tizimlarining ishonchliligi” kabi maqolalari ushbu sohadagi olimaning izlanishlari, ilmiy tadqiqotari natijasidir.
  Tursunova Umida Haydarovnaning O‘zbekiston Respublikasi xotin - qizlar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Olima” ilmiy nazariy konferentsiyasida, Nukus, Buxoro, Qarshi, Samarqand shaharlaridagi texnik va xalqaro konferentsiyalarda maqolalari chop etilgan. Shuningdek, olima 60 dan ortiq ilmiy maqolalar va risolalarning ham muallifidir.
  Dotsent Umida Haydarovna 10 dan ortiq magistrlarga rahbarlik qilgan. Bitirib ketgan magistrlari shu sohalar bo‘yicha loyiha va ilmiy tekshiruv institutlarida ishlab kelmoqdalar.
  Umida Tursunova ilmiy - pedagogik faoliyatidan tashqari akademik guruhlar murabbiysidir. Talabalarni tarbiyalashda ko‘p vaqtni ular bilan o‘tkazadi. Mamlakatimizda huquqiy demokratik va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi islohotlarni tala- balarning  ongi va tafakkuriga singdirishga intiladi.
  Umida Tursunova oilali, uch farzandning mehribon onasi, yettita nabiraning sevimli buvijonisi. Olima ayol beka bo‘lgan xonadonda unib-o‘sgan farzandlar ham ilmni qadrlaydigan, halol mehnat va fidoiylik ortidan obro‘-e’tibor topayotgan zurriyodlardir. Zero, biz hamisha o‘z yurish - turishimiz, jamiyatda tutgan o‘rnimiz, yaxshi xislatlarimiz bilan avvalo, o‘z oilamizda yosh avlodga ibrat bo‘la bilishimiz kerak ekan...    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5