Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasi “Qon preparatlari” ilmiy ishlab chiqarish korxonasi direktori Ubaydullayeva Zuhraxon Ibragimovna o‘z sohasining yetuk mutaxassisi, oliy darajadagi tibbiyot xodimi, mohir tashkilotchi, zukko rahbar, oqila ayol sifatida hurmat - e’tiborga sazovor olima.
Ko‘pgina tibbiyot maskanlarida shifokor, bosh shifokor sifatida ishlab o‘z ilmi, qobiliyati, intiluvchanligi bilan ko‘zga ko‘ringan Zuhraxon Ubaydullayevani ushbu tibbiy maskanga 2007 yil rahbar etib tayinlashdi. Uning rahbarligi ostida birgina badalsiz donorlik darajasining doimiy ko‘tarilganligi unda shifokor sifatida fidoyilik va mas’uliyat hissi ustuvor ekanligini ko‘rsatadi. Natijada shahar va Respublika davolash profilaktika muassasalarini qon va uning tarkibiy qismlari bilan ta’minlashda ko‘pgina muammolar bartaraf etildi. Favqulodda hodisalarda foydalanish uchun qon tarkibiy qismlari zaxirasi tashkil qilingan. Korxona mutaxassislari tomonidan shahar DPMlari xodimlari uchun transfuziologiya sohasida doimiy uslubiy yordam ko‘rsatilib borilmoqda. Zamon talablari bilan jihozlangan mazkur maskanda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar zamirida bitta maqsad - inson hayotini muhofaza qilish, unga ko‘maklashish g‘oyasi mujassam. Korxonaning moddiy - texnika zaxirasi yangilandi. Bu yerda ishlovchi shifokor va o‘rta tibbiy xodimlarining tajribalari doimiy ravishda oshiriladi. Ilgari asosan pullik donorlar bilan ish olib borilgan bo‘lsa, 2007 yildan beg‘araz donorlikka asosiy urg‘u berildi. Beg‘araz donorlarning tizimli ravishda qon topshirishlari esa o‘z navbatida ishlab chiqarilayotgan qon tarkibiy qismlari va dori - darmon vositalarining xafsizligini ta’minlab beradi. Bu, albatta, sog‘liqni saqlash borasida qilinayotgan ezgu ishlar, davlatimizning aholi salomatligi muhofaza qilish yo‘lidagi g‘amxo‘rliklaridan biri. Shu bilan birga Zuhraxon Ubaydullaeva singari jonkuyar, ilmli, qat’iyatli rahbarning tashabbuskorligidan, shifokor sifatidagi fidoyiligidan nishona emasmi...
“Qon preparatlari” ilmiy ishlab chiqarish korxonasida ilmiy - texnik Davlat dasturi miqyosida ishlar bajariladi. Qon va plazmadonorlar organizmi uchun qon berish xavfsizligi hamda ushbu donorlar tanasi funktsional tizimlaridagi patologik og‘ishlarning rivojlanish xataridan himoya qilish masalalariga bo‘lgan qiziqish sababli tibbiyot fanlari nomzodi Zuhraxon Ubaydullayeva “Donorik asosiy parametrlariga bog‘liq doimiy plazmadonorlarda biokimyoviy ko‘rsatkichlar” mavzusiga oid ilmiy ishlar olib bordi va doktorlik ishi tayyorladi. Hozirgi vaqtda bu doktorlik ishi himoyalanish arafasida.
Dissertatsiya materiallari bo‘yicha 39 ta ilmiy ish, shu jumladan, 21 ta jurnal maqolalari, shundan 7 ta maqola chet el jurnallarida, 13 ta tezis, 3 ta axborot xatlari, 1 ta uslubiy tavsiyanoma, 1 monografiya chop etilgan: “Nekotoriye pokazateli belkovo - mikroelementnogo statusa u regulyarniyx plazmadonorov - mujchin i jenvdin v razniye sezoniy goda” (Byulleten Assotsiatsii vrachey Uzbekistana - Tashkent, 2008). “Risk razvitiya disbalansov v statuse metabolicheskix nutrientov u aktivniyx donorov plazmiy (Jurnal teoreticheskoy i klinicheskoy meditsin” - Tashkent, 2008). “Risk razvitiya disbalansa v statuse metabolicheskix nutrientov u jenshin aktivniyx donorov plazmiy (Dnevnik Kazanskoy meditsinskoy shkoliy” - Kazan, 2014). “Risk razvitiya disbalansov v belkovom i mikroelementnom statuse organizma regulyarniyx plazmadonorov (Materialm II s’ezda gematologov i transfuziologov Uzbekistana “Aktualnыe problem” gematologii i transfuziologii”), “Imbalancees risk in the metabolic nutrients status in active plasma donors (IY International Eurasian Hematology Congress, Turkey, 9 - 13 October 2013). “Z. I. Effektivnost sochetannogo primeneniya multielementnogo preparata Teravit i Ekdisten v profilaktike gipoproteinemii i gipomikroelementoza u regulyarnыx donorov plazmiy krovi” (Sbornik statey mo materialam XXXIV mejdunarodnoy zaochnoy nauchno - prakticheskoy konferentsii “Voprosiy meditsiniy”.- 2015. - №2 - 3 (26).)
Zuhraxon oilali, uch farzandning onasi, besh nafar nabiraning mehribon buvijonisi.