O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Umarova Dilorom Mahmudovna

Umarova  Dilorom Mahmudovna, 1957 yilda Toshkentda  tug‘ilgan. Texnika  fanlari  nomzodi. Toshkent davlat texnika  universiteti «Menejment « kafedrasi professori.
  Diloromning otasi Mahmud aka ham, onasi Muhayyo opa ham shifokor bo‘lishgani uchun uylaridan hech qachon odam arimasdi. Qo‘ni-qo‘shnilar, hatto bolalar ham kechasimi, kunduzimi, dam olish kunimi demay kirib kelishaveradi. Ota-onasi esa hech og‘rinmay ularning dardiga darmon bo‘lishardi. O‘sha paytlarda onasi yonida yurib ancha ko‘zi pishib qolgan Dilorom ularga ko‘maklashardi. Ota-onasi to‘ng‘ich qizlarini o‘zlaridek shifokor bo‘lishiga 100 foiz ishonishardi.
  Shuning uchun Dilorom o‘rta maktabni oltin medalga bitirgach, hujjatlarini Politexnika institutiga topshiraman, deganda ular ataladan suyak chiqqandek hang-mang bo‘lib qolishdi. Biroq Mahmud aka, uzoq o‘ylagach, qizining qarorini to‘g‘ri deb topdi. Har kim o‘zi tanlagan kasbini egallasa, undan o‘ziga ham, jamiyatga ham foyda ko‘proq tegadi, - deb qiziga oq yo‘l tiladi.
  Hademay Diloromxon Avtomatlashtirilgan tizimlarni boshqarish (ASU) fakultetining eng faol talabasi sifatida tilga tushdi. Institutni muvaffaqiyatli tugatgan taniqli talaba ustozlar tavsiyasi bilan shu dargohning «Xlorofill» laboratoriyasida kichik ilmiy hodim bo‘lib ish boshladi.
  - Institutda qoldingmi, demak, ilm o‘rganishni, ilmiy izlanishni davom ettirish kerak, - deyishdi ota-onasi.
  Biz ham qo‘limizdan kelgan yordamni ayamaymiz.
  Biroq u shu orada turmushga chiqdi. Asli kasbi sharqshunos bo‘lgan turmush o‘rtog‘i Dilshod Umarqulov bilan Hindistonga xizmat safariga birga ketdi. Safar ham bejiz ketmadi. Diloromxon ingliz tilini chuqur o‘rgandi. Farzandli bo‘ldi. Toshkentga qaytgach, ilm yo‘lida izlanishni davom ettirdi. Fanlar akademiyasi qoshidagi Kibernetika instituti aspiranti bo‘ldi. 1990 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi, jonajon universitetga olima bo‘lib ishga qaytdi. «Menejment» kafedrasi assistenti talabalarga dars berish bilan birga o‘quv metodik qo‘llanmalar yaratishga kirishdi.
  Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida - 1994-2003 yillar mobaynida uning «Statistika», «Ishbilarmonlik va tadbirkorlik», «Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish», «Ishbilarmonlik o‘yinlari» kabi uslubiy qo‘llanmalari talabayu, o‘qituvchilarga ham ma’qul bo‘ldi. Dilorom ona ilmiy izlanishlari, «kafedradagi ishlari»ni bahona qilib, oiladagi bekalik, onalik vazifalarini unutmadi. Chunki onaning, ayolning asosiy vazifasi - farzandlarini vatanga, jamiyatga kerakli inson qilib tarbiyalash, deb biladi va buni sharaf bilan uddaladi. Qizi Indira oliy ma’lumotli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini tugatgan. «Markazsanoat-eksport» markazida yetakchi mutaxassis.
  Bir so‘z bilan aytganda, onalariga izdosh, bir-birlarini tushunib, qo‘llab borayotgan ajoyib farzandlar. Ular har bir ishda dadalari va ayalari bilan maslahatlashib mehnat qilishadi. Mehnatda, ilmda, hayotda ham farzandlari, shogirdlariga ibrat namunasi bo‘lgan Diloromxon hamon izlanishda. Davr bilan hamnafas bo‘lishga intiladi. Kafedra mudirining ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha muovini Dilorom Mahmudovna Fan va texnologiyalar markazi tomonidan e’lon qilingan «Bozor munosabatlarini takomillashtirish, demokratik huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini huquqiy va iqtisodiy asoslarini tadqiq etish» davlat dasturi asosida grant sohibasi bo‘ldi. Respublika mashinasozlik tarmog‘i korxonalarida boshqaruvni takomillashtirish, kadrlar bilan ta’minlash muammolarini bartaraf etish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boryapti. Bu sohada bergan takliflari Respublika mashinasozlik tarmoqlarini rivojlantirishga tadqiq etilgan. Bu izlanishlar «O‘zbekiston Respublikasida mashinasozlik kompleksida menejment tizimini takomillashtirish» monografiyasida o‘z ifodasini topgan.
  «Hayotda oqar suv bo‘lish kerak, - deydi Diloromxon, - bu, inson hamisha tinimsiz izlanishda, harakatda bo‘lishi kerak, degani. Shunda o‘zingiz sezmagan holda iste’dodingizni yangi-yangi qirralarini ochasiz. Nafaqat jamiyatni, zamonni ham o‘z yangiligingiz, kashfiyotingiz, tadqiqotlaringiz bilan boyitasiz, rivojiga hissa qo‘shasiz». «O‘zbekiston Respublikasida korporativ boshqaruvni shakllantirishning tashkiliy iqtisodiy muammolari» asosida ilmiy izlanishlar qilgan Dilorom Umarova hozirgi kunda doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borayapti. Bu yo‘lda tunlar oppoq tonglarga ulanyapti, olimaning zahmatli mehnati zamirida esa hayotda bosib o‘tgan yo‘ldan qoniqish va ilmda yana yangiliklar, kashfiyotlar qilish istagi mujassam.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar40



Ijtimoiy-gumanitar fanlar7



Tabiiy fanlar45



Filologiya8