O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Umarova Nargizaxon Rustamovna

Filologiya fanlari nomzdi, dotsent

    1971 yil 1 aprelda Farg‘ona viloyati Furqat tumanida  tug‘ilgan. 1987 yilda tumandagi 32 -  o‘rta maktabni a’lo baholar  bilan tamomladi.  Kirish imtihonlaridan  eng yuqori  ball to‘plab, Farg‘ona davlat pedagogika instituti talabalari  safidan o‘rin oldi. 1992 yilda Farg‘ona davlat  universitetini  imtiyozli diplom bilan  tamomladi. O‘qituvchilik faoliyatini Furqat  tumanidagi 3 - o‘rta  maktabda  boshladi. 1997 - 2007 yillarda  FarDU  qoshidagi  11 - litsey –internetda  ona tili va  adabiyot  fani  o‘qituvchisi  sifatida  faoliyat yuritdi.
  1999 - 2000 llarda Farg‘ona  davlat  universiteti  o‘zbek  tilshunosligi  kafedrasida  shogrid - tadqiqotchi  lavozimida ishladi. 2000 - 2003 yillarda  Farg‘ona davlat  universitetida  10.02.02. Milliy tillar (o‘zbek tili) mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturada tahsil oldi. Bir necha yillik ilmiy izlanishlari samarasi sifatida 2005 yil 18 mayda filologiya fanlari doktori, professor M. Mirtojiyev rahbarligida “Alisher Navoiy g‘azallari maqta’sida sabab va oqibat munosabatining ifodalanishi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
  U 2007 yildan boshlab Farg‘ona davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchi, 2012 yildan esa tilshunoslik kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
  Dotsent N. Umarovaning Alisher Navoiy g‘azallari badiiy til xususiyatlari hamda badiiy matn tadqiqiga bag‘ishlangan 50 ga yaqin ilmiy maqolalari nufuzli jurnallarda, ilmiy anjuman to‘plamlarida chop etilgan. Olima “Alisher Navoiy - badiiy so‘z ustasi”, “Shavkat Rahmon she’rlarida komparativ ko‘chimlarning qo‘llanilishi”, “Badiiy matnni leksik - semantik guruhlar asosida o‘rganish”, “Kitob va idrok” kabi o‘quv - uslubiy qo‘llanma hamda “Navoiy g‘azaliyotida sabab va oqibat munosabatining mazmuniy hamda konstruktiv shakllari” nomli monografiyalar muallifi hamdir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80