Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti “Menejment” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi, Umarxodjayeva Muyassarxon G‘aniyevna 1989 yili Toshkent xalk xo‘jaligi instituti (Hozirgi TDIU)ning “Savdo iqtisodi” mutaxassisligida ta’lim olgan. 1989 - 1994 yillarda TDIU “Tovarshunoslik” kafedrasi katta laboranti, so‘ngra kafedrada assistent lavozimida, “Xalqaro rivojlanish” kafedrasi assistenti, 1999 yildan katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. Ushbu davrda mustaqil tadqiqotchi sifati - da ilmiy faoliyatni olib bordi. Universitet va fakultet hayotida faol ishtirok etdi. 2004 yilda “Xorijiy mamlakatlar iqtisodi” ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va 2005 yildan “Menejment” kafedrasida dotsent lavozimida xozirga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Sohaga tegishli ko‘plab masalalar bo‘yicha kasbiy va amaliy bilim, ish tajribasiga ega, ularga tayangan holda yetarli, anik va to‘lik maslahatlarni bera oladi. O‘z mutaxassisligi bo‘yicha turli muammolarni yaxshi tushunadi. U har doim tashabbuskor, o‘zining pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha tirishqoqlik bilan ishlaydi, shuningdek, ilmiy va pedagogik faoliyatida yangiliklar yaratish bo‘yicha doimo izlanish olib boradi. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida har yili birinchi kurs maktabi treneri sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi 2015 yil O‘zbekiston Savdo - sanoat palatasida 6 oylik (stajirovka) amaliyotini o‘tadi va buning natijasida “Ishlab chiqarish menejmenti” fanidan darslik tayyorladi.
2013 yil TDIU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning tajribasini oshirish institutida 144 soatlik “Menejment” yo‘nalishida tajriba oshirgan.
2011 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi masofali o‘qitish markazida 2011 yil 28 fevraldan 26 martgacha 160 soatga mo‘ljallangan “Innovatsion texnologiyalar”, “Axborot texnologiyalari va masofaviy o‘qitish”, “Yuksak ma’naviyat barkamol shaxs mezonlari” hamda “Barkamol avlodga yo‘naltirilgan milliy tarbiya texnologiyasi” maxsus kurslarini tinglagan.
Dotsent Umarxodjayeva Muyassarxon G‘anievna shu kunga qadar 3 ta darslik va 3 ta o‘kuv qo‘llanma, 1 ta monografiya, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, ilmiy - uslubiy ishlar muallifi. Muntazam ravishda respublika miqyosidagi ilmiy - amaliy konferentsiyalarda ishtirok etib keladi.
Muyassarxon G‘aniyevna ayni paytda Oliygoxda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tegishli fanlardan, xususan “Operatsion menejment”, “Xalqaro menejment”, “Ishlab chiqarish menejmenti”, “Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi” fanlari bo‘yicha darslarni mahorat bilan o‘tib kelmoqda.
Muyassarxon Umarxodjayeva oliy talim muassasalarida amal qiluvchi me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega. Ishlab chiqarish bilan doimiy aloqada bo‘lib, amaliyot darslarida real vaziyatlar asosida talabalarni mustaqil fikrlashga undaydi. Doimiy ravishda iqtidorli talabalar bilan ilmiy faoliyat olib borishga, ularni ilmiy loyihalarda, ilmiy - anjumanlarda ishtirok etishga undaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga mos ravishda talim tizimini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib, “Menejment (real sektor)” magistratura, bakalavriat mutaxassisligi bo‘yicha yangi avlod o‘quv adabiyotlarni tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Dotsent Muyassarxon Umarxodjayeva o‘ziga va atrofidagi kishilarga nisbatan talabchan, mas’uliyatli va yuqori ma’niviyatli shaxs, tashkilotchi va ijrochi xodim. Biror kishi, jumladan, hamkasblari yoki talabalarga o‘z manfaatlarini ko‘zlamagan holda beg‘araz yordam ko‘rsatishga doim tayyor.
Muyassarxon oilali, uch farzandi va ikki nabirasi bor. Bugungi kunda farzandlari nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqdalar.