O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Usmon Azim

    Usmon Azim (taxallusi; asl ismsharifi Azimov Usmon) (1950.13.8, Boysun tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (2000), dramaturg . Toshkent universitetining jurnalistika fakutetini tugatgan (1972). Respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh muharrir oʻrinbosari (1976-1989), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimida masʼul kotib (1989-1990). Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti devonida sektor mudiri, yetakchi konsultant, Birinchi prezidentning Davlat maslahatchisi (1991-1994). 2003 yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatrida adabiy emakdosh.
    Ilk kitobi — „Insonni tushunish“ (1979). Shundan soʻng shoirning „Holat“ (1979), „Oqibat“ (1980), „Koʻzgu“ (1983), „Surat parchalari“ (1985), „Dare“ (1985), „Ikkinchi aprel“ (1987), „Baxshiyona“ (1989), „Faroyib ajdarho“ (1990), „Uygʻonish azobi“ (1991), „Fycca“ (1994), „Uzun tun“ (1994), „Bor ekanda, yoʻq ekan“ (1995), „Saylanma“ (1995), „Kuz“ (2001) kabi sheʼriy va „Jodu“ (2003) nasriy toʻplamlari nashr etilgan.
    U.Azim oʻzbek sheʼriyatining ufqini kengaytirib, nasriy sheʼrlardan barmoq vaznigacha boʻlgan turli vaznlarda ijod qiladi. Dastlabki sheʼrlarida insonning davr va jamiyat hayotidagi oʻrnini tushunishga, davrning ogʻriqli masalalariga eʼtibor qaratdi va shu jarayonda minbar sheʼriyati unsurlaridan foydalandi. Keyinchalik, shoir ijodida voqelikni falsafiyistioraviy obrazlar orqali idrok va tasvir etish maxrrati kuchayib bordi. 80-yillar ijodida koʻzga tashlangan baxshiyona ruh sheʼriyatda yangi bir yoʻnalish yaratilishiga turtki boʻldi. 90-yillarga kelib, uning ijodida keskin oʻzgarish yuz berdi va sheʼrlarida sufiyona kayfiyat aks etdi.
    U.Azim „Baxtli boʻlaylik“, „Hujjatli film uchun syujet“, „Bahodir va Malika“ singari radiopyesalar yozgan. U ana shu tajribadan foydalanib, 90-yillarda dramaturgiya bilan jiddiy shugʻullandi va „Bir kddam yoʻl“, „Kunduzsiz kechalar“, „Bozor“ (1997), „Alpomishning qaytishi“ (1998), „Jazava“ (2000), „Vaxt qushi“ (2002), „Oʻtgan zamon hangomalari“ (2003) pyesalarini yezdi. Bu pyesalarning aksari Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan. U.Azim bu pyesalarda sahna qonuniyatlarini yaxshi his etuvchi, dramaturg sifatida namoyon boʻldi. Ayni paytda u ham tarixiy, ham psixologik dramalar, ham ogʻzaki va yozma adabiyot namunalari asosida zamonaviy sahna asarlarini yarata olish isteʼdodini namoyish etdi. U.Azim, shuningdek, kinodramaturgiyada ham qalam tebratib, „Alisher Navoiy“ kinoqissasi (1990), „Alpomish“ kinodostoni (1997), „Sevgi“ (1998, shu nomli hikoya asosida) va 2 seriyali „Alpomish“ (2000) filmlarining ssenariysiga mualliflik qilgan. Pol Elyuar, V. Vatsiyetis, H. Dogʻlarja, A. Voznesenskiy, Yu. Marsinkyavichyus va boshqa shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Sheʼrlari ingliz, fransuz, nemis, polyak, makedon, turk, rus, gruzin, eston, litva, tojik, qozoq va kirgiz tillarida nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlariga musiqa bastalangan.
    U.Azim xalklar doʻstligi va vatanparvarlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan sheʼrlari uchun Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1982). „Doʻstlik“ ordeni (1998) bilan mukofotlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar45



Tabiiy fanlar5



Filologiya45