Aniq fanlar
Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi
Tabiiy fanlar
Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.
Filologiya
Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

1935-yilda tug‘ilgan. Usmonova Roziyaxon maktabni alo baholar bilan 1952-yilda tugatib Samarqand tibbiyot institutiga imtihonsiz qabul qilindi. 1958-yilda imtiyozli diplom bilan oliygoxni tugatib aspiranturaga o‘qishga kirdi va 1961 yilda “ Simpatik asab tizimining rivojlanishi “ to‘g‘risida TAShMI ilmiy kengashida dissertatsiya yoqladi. Roziyaxon Buxoroda ayollardan birinchi tibbiyot fanlari nomzodi. 1967-1993 yillar Buxoro Davlat Pedagogika institutida dotsent,” Anatomiya va fiziologiya “ kafedrasi mudirasi . 1967-1974 yillarda Buxoro shahar kasalxonasida jarrohlik bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan Roziyaxon opa 1993 yilda Buxoro tibbiyot institutiga taklif etildi va shundan beri “Normal fiziologiya” kafedrasi mudirasi vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.