Usmonova Hurniso Sharapovna 1959 yil 18 yanvarda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Nanay qishlog‘ida tavallud topgan.
1981 yilda Namangan Pedagogika bilan yurtiga o‘qishga kirib, 1985 yilda uni imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1994 yili “Deskriptsiya (murakkab nom) va uning gap tuzilishidagi o‘rni” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. “O‘zbek tilidagi gap bo‘laklarining pozinion tadqiqi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tilshunoslik institutiga muxokama uchun topshirgan.
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent X. Usmonovaning 40 dan ziyod ilmiy maqolalari chop etilgan. U bir necha bor Namangan viloyati xokimligi va Namangan Davlat universitetining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
1999 yildan buyon Namangan Davlat universitetida “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Abulqosim Mahmud az - Zamaxshariy aytgan ekanlar: “Osmonu falakning ziynati yulduzlar bilan bo‘lsa, yeru zaminning ko‘rkamligi olimlar bilandir”. Chindan ham o‘qimishli, ilm yo‘lini tanlaganlar bilan o‘tadigan davra suxbatlari mazmunli, qiziqarli bo‘ladi. Hurinisoning talabalari buni juda yaxshi bilishadi. Qulay payt keldi deguncha, uning atrofiga yig‘ilib, ustozlarini savol - javobga tutadilar. Yoshlarni yo‘lga solish, ilmu irfon ummoniga olib kirish oson emas. Buning uchun xam shirin zabon, puxta bilim, qat’iylik kerak. Ushbu sifatlarni o‘zida jamlay bilgan Huriniso Usmonova xamkasblari orasida aloxida e’zozda.
Ayol boshkaruv ishlarida faoliyat yuritsa, ayniqsa raxbar bo‘lsa, uning shaxsiy xayoti qolmaydi xisob. Chunki uning deyarli xar bir kuni, soati ish bilan bog‘liq bo‘ladi. Shunda xam oila deya nomlangan go‘zal oshiyonni obod qilayotgan raxbar ayollarga tasannolar aytging keladi. Hurinisoning turmush o‘rtog‘i Z. Baxritdinov — viloyat IIB xodimi. Ularning uch nafar farzandlari bor. Oilaning saodat kaliti - bu mehr, muxabbat, totuvlikdir. Shunday saodat topganlar el - yurt koriga yaraydilar, odamlarning duosini oladilar. Biz xam ana shunday duo olib yuraylik.