Ahadjon Valiyev 1937 yil 9 mayda Namangan viloyati Chust tumani Chust qishlog‘ida tug‘ilgan. 1955 yil tumandagi 15 - o‘rta maktabni bitirgan.
1956 yili Tojikiston qishloq xo‘jaligi institutining agronomiya fakultetiga o‘qishga kirib,1961 yili tugatgan va agronom – olim mutaxassisligi diplomini olgan. 1961 - 1971 yillari Tojikiston chorvachilik ilmii - tadqiqot institutida kichik ilmii xodim lavozimida ishdagan.
1971 - 1993 yillari Tojikiston qishloq xo‘jaligi ilmiy - tadqiqot institutida “Yaylovlarda ozuqa ekinlarini yetishtiris” laboratoriyasi mudiri va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
1969 yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
1989 yili doktorlik ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
1994 - 1997 yillari Namangan davlat universitetining umumiy biologiya kafedraei mudiri lavozimida ishlagan.
1997 - 1998 yillari Namangan viloyat qishloq xo‘jalik ilmiy - ishlab chiqarish markazining bosh mutaxassisi lavozimida, 1998 - 2000 yillari Andijon g‘alla va dukkakli o‘simliklar ilmiy - tadqiqot institutining Namangan filialida direktor lavozimida ishlagan. 2001 yildan boshlab Namangan muhandislik - pedagogika institutining ziroat muhandisligi kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Professor A.Valiev o‘zining ilmiy - pedagogik faoliyati davomida ilmiy - tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 20 dan ortiq qishloq xo‘jaligi uchun tavsiyanomalar, 10 dan ortiq risolalar va 2 ta monografiya chop ettirgan.
U qishloq xo‘jalik ekin navlarini yaratish va selektsiya sohasi bo‘yicha 2 ta ixtirolik guvohnomasi sohibidir.
1987 yili “Xizmat ko‘rsatgan ixtirochi” unvoniga sazovor bo‘lgan.
Ilmiy - tadqiqot ishlari uchun Butunittifoq xalq xo‘jalik yutuqlari ko‘rgazmasining bronza va kumush medallari bilan taqdirlangan.