O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Vavelyeva Irina Alekseyevna

Vavelyeva Irina Alekseyevna 1939 yil 25 iyulda Xarkov shahrida tug‘ilgan.
    1942 yildan 1957 yilgacha Termiz shahrida ota - onasi bilan yashab, shu yerda o‘rta maktabni tamomladi. 1957 — 1963 yillarda Samarqand shahridagi Akademik I.I.Pavlov nomli Davlat Tibbiyot institutining davolash fakultetida o‘qidi. Oliygohni bitirgach, avval bioximiya kafedrasida stajyor - tekshiruvchi, so‘ngra ushbu kafedra assistenti lavozimida ishladi. 1968 yilda O‘rta Osiyo Tibbiyot Pediatriya instituti Markaziy ilmiy - tekshiruv laboratoriyasiga kichik ilmiy xodim lavozimiga o‘tkazildi. Bu o‘z natijalarini berdi. Irina Alekseyevna 1970 yilda ”Bolalardagi revmatizm kasalaligida rux elementining almashinuvi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
    Shu yilda oilaviy sharoitga ko‘ra Toshkent shahriga ko‘chib o‘tdi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi To‘rtinchi Bosh boshqarma tizimida bir necha yil ishladi.
    Irina Alekseyevna 1975 — 1986 yillarda Sog‘liqni saqlash vazirining onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishladi.
    1986 yildan to shu kungacha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligiga qarashli U.Q.Qurbonov nomli bolalar ruhiy - asab shifoxonasi bosh shifokori sifatida faollik ko‘rsatmoqda. Uning onalik va bolalik muammolariga bag‘ishlangan o‘ttizdan ortiq maqolalari chop etilgan. I.A.Savelyeva o‘z kasbi bilangina chegaralanib qolmaydi. U jamoat ishlarida qam fidoyilik ko‘rsatmoqda. Irina Alekseyevna 1990 va 1999 yillarda shahar kengashi deputatligiga, Mehr - muruvvat va salomatlik jamiyati O‘zbekiston Resiublikasi bo‘limi Prezidium a’zosi etib, 1993 yilda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro nodavlat xayriya jamg‘armasining a’zosi etib saylangan. Irina Alekseyevna O‘zbekiston Respublikasi Bolalar jamg‘armasi Prezidiumi a’zosi va 1994 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) huzuridagi fuqarolar konstitutsion huquqlari va erkinliklariga rioya qilish  hay’ati a’zosidir.
    U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Sog‘liqni saqlash xodimi” unvoniga (1992 y.) sazovor bo‘lgan.
    1994 yilda I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni va “Mehnat faxriysi” nishoni bilan taqdirlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5