O‘zbekiston Xalq maorifi a’lochisi, dotsent
1956 yil 25 oktyabrda Marg‘ilon shahrida tavallud topdi. 1973 yili Marg‘ilon shahar 23 - o‘rta maktabini muvaffaqqiyatli bitirib, shu yili Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti talabasi bo‘ldi. Oliy dargohda o‘qib yurgan kezlarida o‘zining ilmga chanqoqligi , namunali xulqi va odobi bilan professorlar J. Jalolov , A.Abduazizov , O.Irisqulov, J Bo‘ronov kabi ustozlar nazariga tushdi. 1976 yili institut jamoasi tavsiyasi bilan Muhammadjon Xodjaev Polsha davlatining xalqaro yoshlar oromgohida bo‘lishga muyassar bo‘ldi.
M.Xodjaev 1978 yili Toshkent davlat chet tillari pedagogika institutini ingliz va frantsus tillari mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlab, o‘z faoliyatini 1978 - 1979 yillari O‘zbekiston chet mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqa jamiyati katta referenti lavozimida ishlash bilan boshladi.
U 1979 yildan boshlab Farg‘ona viloyat madaniyat bo‘limi metodisti, viloyat ijroiya qo‘mitasi instruktori, rais yordamchisi, Farg‘ona shahar 10 - maktab direktori, Farg‘ona shahar XTB mudiri, Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari, Farg‘ona shahar hokimining birinchi o‘rinbosari, Farg‘ona shahar hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, Farg‘ona shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi.
Turli yillarda xizmat safarlari bilan Bolgariya, Chexoslovakiya, Vengriya. Gretsiya, AQSh, Turkiya va Xitoy davlatlarida bo‘lib, boshqaruv tizimidagi xorij tajribalarini o‘rganib qaytdi. 1994 Yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi delegatsiyasi tarkibida Avstriya davlatining Vena shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi Parlament Kengashi sessiyasida ishtirok etdi. Bundan tashqari, 2001 yildan 2014 yilga qadar Uzbekistan Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi bo‘lgan. Xalqaro kuzatuvchi sifatida 2004 Yili Qozog‘istonda, 2005 Yili Qirg‘izistonda, 2007 Yili Rossiya Federatsiyasida. 2013 yili Tojikistonda bo‘lgan. 2010 yildan boshlab esa “Bilimdon” nashriyoti mas’uliyati cheklangan jamiyat bosh direktori va Fargona davlat universiteti nemis va frantsuz tillari kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmokda.
Kamtarin mehnatlari uchun 1991 yilda “|Xalq maorifi a’lochisi” unvoni bilan, 1992 va 2007 yillarda “Mustaqillik” nishoni bilan taqdirlangan.
2014 yilda innovatsion loyixalar respublika yarmarkasida “Chet til o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi bilan va 2015 yilda besh tatilda chop etilgan “Rasmli lugati” bilan ishtirok etdi.
U respublika va viloyat miqyosida o‘tkazilgan ilmiy – nazariy anjumanlarda 30 ga yaqin tezislar va respublika ilmiy jurnallarida 10 dan ziyod ilmiy maqolalar chop ettirdi. Bundan tashqari, “O‘zbekcha – ruscha so‘zlashgich”, “Davrogusi”, “Con¬versational English”, “Mening kitobim”, “Chet tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmalar va beshta tilda chop etilgan “Rasmli lug‘at” ga ham mualliflik qildi. JoVitalening mashhur “Hayot dasturilamali” va “Kalit” kitoblarini, Robert T.Kiyosakiva Sheron L.Lektorlarning “Badavlat ota va kambagal ota”, “Pul oqimi kvadranta” nomli kitoblarini rus tilidan o‘zbek tiliga muvaffaqiyatli tarjima qildi.