Geografiya fanlari nomzodi, dotsent
1953 yil 20 dekabr kuni Farg‘ona viloyati, Quva tumani Bo‘ston qishlog‘ida tug‘ilgan. Tabiiy geograf, landshafshunos olim. 1959 - 1969 yillarda Quva tumanidagi 11 - maktabda tahsil olgan. 1970 - 1971 yillarda Quva tumanidagi maktab - internetda ishlagan.
1972 yilda Farg‘ona davlat pedagogika instituti geografiya - biologiya fakultetiga o‘qishga kirib, 1976 yilda imtiyozli diplom bilan tugatdi. 1979 yilgacha Quva tumanidagi 45 - maktabda geografiya o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 1980 - 1981 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti geografiya kafedrasida, 1982 - 1991 yillarda Namangan davlat pedagogika instituti geografiya kafedrasida o‘qituvchilik qildi.
1988 yilda Sankt - Peterburg davlat pedagogika institutining ilmiy Kengashida kafedra dotsenti Y. Sultonov rahbarligida “Farg‘ona vodiysi landshaftlarining inson xo‘jalik faoliyati tasirida o‘zgarishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1991 - 1993 yillarda Farg‘ona davlat universiteti tabiiy geografiya kafedrasida dotsent, 1993 - 1994 yillarda regional tabiiy geografiya va tabiatni muhofaza qilish kafedrasi mudiri, 1998 - 2004 yillarda tabiiy geografiya kafedrasi mudiri, 2004 - 2008 yillarda geografiya kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi.
R. Xoliqov “Landshaftshunoslik asoslari”, “Geografiya o‘qitish metodikasi“, “Geologiya va mineralogiya , geografik tadqiqot usullari”, “Geodeziya” kabi fanlardan maruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda. 150 dan ortiq ilmiy ishlar elon qilgan. Hozirgi kunda landshafatlar ekologiyasi va melioratsiyasi yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Ko‘p yillik ilmiy -pedagogik faoliyati davomida tayyorlagan shogirdlari hozirgi kunda korxona, tashkilot va talim muassasalarida mehnat qilmoqdalar.