Abdusattor Abdujabborovich Xolmirzayev 1959 yil 12 sentyabrda Namangan shahrida tug‘ilgan.
1966 yil Namangan shahridagi 12 - o‘rta maktabning birinchi sinfiga qabul qilindi.1976 yil o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatib, Toshkent politexnika institutining sanoat va fuqoro qurilishi fakultetiga o‘qishga kirdi.
1981 yil mazkur institutni “Qurilish buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish” mutassisligi bo‘yicha tamomladi va unga muhandis – quruvchi - texnolog ixtisosligi berildi.
1981 yil sentyabr oyidan boshlab Toshkent politexnika instituti Namangan filiali umumtexnika fanlari kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilindi.
1991 - 1995 yillar davomida Moskva shahridagi Beton va temir beton ilmiy - tadqiqot institutining sirtqi aspiranturasida tahsil oldi va professor A. F. Milovanov rahbarligida ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bordi.
2001 yilda Toshkent arxitektura - qurilish institutining Ixtisoslashtirilgan kengashida “Quruq, issiq iqlim sharoitida keramzitbetondan tayyorlangan siqiluvchi temir - beton elementlarning deformatsiya lanuvchanligi, darzbardoshligi va mustahkamligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. U olib borgan ilmiy - tadqiqot ishlarining natijasi O‘zbekiston Arxitektura va qurilish davlat qumitasi tomoni dan nashr etilgan yangi tahrirdagi “Qurilish me’yorlari va qoidalari”ga kiritildi.
2002 yid aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining qarori bilan A. Xolmirzayevga texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasi berildi.
A. Xolmirzayev ayni chog‘da institut maxsus sirtqi bo‘limining boshlig‘i va bino va sanoat inshootlari qurilishi kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
U hozirgi kunda Rossiyaning yetakchi olimlari bilan hamkorlikda “Bino va inshootlarning yuk ko‘taruvchi konstruktsiyalarida yengil betondan tayyorlangan temirbeton konstruktsiyalarini qo‘llash” mavzusida ilmiy - tadqiqot ishdarini davom ettirmoqda. Yangi yo‘nalishdagi ilmiy - tadqiqot ishining natijalari Moskvada nashr etiladigan “Beton, jelezobeton” nomli ilmiy - texnik jurnalda nashr etildi.
Uning 40 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy maqolalari chop etilgan.