O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xolmirzayev Javlonbek

    Javlonbek Xolmirzayev 1972 yil 27 oktyabrda Namangan viloyati  Namangan tumani  Olaxamak  qishlog‘ida  ziyoli oilasida tug‘ilgan.
    1979 yili tumandagi 13 - o‘rta maktabning 1 - sinfiga  o‘qishga kirib, 1989 yili Namangan shahridagi 7 - politexnika  maktabining  10 sinfini  muvaffaqqiyatli tamomlagan. Shu yili  Toshkent  mashinasozlik  institutining  Namangan filialiga (hozirgi NamMPI) o‘qishga kirib, 1994 yili shu institutning “Shahar avtomobili ekspluatatsiyasi va ta’miri” ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan.
    Mehnat faoliyatini 1994 yil sentyabr oyidan Namangan sanoat - texnologiya institutining (hozirgi Nam- MPI) umumtexnika fanlari kafedrasida laboratoriya mudiri lavozimida boshlagan.
    1995 yili O‘zFA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti aspiranturasiga o‘qishga kirib, ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bordi va 1999 yili “Paxtani yirik xas - cho‘plardan tozalagich mashinalarining dinamikasi” mavzusida “Mashina va mexanizmlar nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yokdab, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
    Pedagogik faoliyatini 1999 yilda NamMPIda katta o‘qituvchi lavozimida boshlagan.
    2000 yildan beri Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor - o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Ishchi organlari o‘zgaruvchan rejimda ishlovchi paxta tozalash texnologiyasini ilmiy asoslash va paxtani yirik xas - cho‘plardan tozalagich konstruk -  tsiyasini takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy - tadqiqot ishlari olib bormoqda.
    Ilmiy - pedagogik faoliyati mobaynida 40 dan ziyod ilmiy maqola va uslubiy ko‘rsatmalar chop ettirgan hamda 3 ta ixtirosi uchun mualliflik guvohnomasini olgan.
    Hozirgi kunda transport fakultetining transport vositalaridan foydalanish kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda.
    J.Xolmirzaev mehnat faoliyati davomida mohir pedagog, mehribon ustoz ekanligi va har qanday topshiriqqa mas’uliyat bilan yondoshganligi tufayli jamoa a’zolari orasida hurmat - e’tibor qozongan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5