Texnika fanlari doktori, dotsent, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi Nilufar Xonxodjayeva ilm - fan taraqqiyotiga o‘z hissasini q o‘shib kelayotgan fidoyi olimalardan. U 1990 yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining mexanika - texnologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatib, “Trikotaj texnologiyasi” bo‘yicha muhandis - texnolog mutaxassisligiga ega bo‘ldi va shu yildan “Trikotaj texnologiyasi” kafedrasida assistent lavozimida ishlay boshladi.
TTYeSIning aspirantura kunduzgi bo‘limini tugatib, 2006 yil “Razrabotka texnologii polucheniya shtuchnogo trikotaja plyushevыm perepleteniem na ploskofangovoy mashine” mavzusida nomzodlik dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2009 - 2011 yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Trikotaj texnologiyasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. 2010 yil O‘zR OAK tomonidan “dotsent” ilmiy unvoni berilgan. Bir necha marta Belgiya, Yaponiya, Xindiston kabi davlatlarda tajriba oshirishda bo‘lgan.
Bundan tashqari Nilufar Xonxodjayeva bir qator innovatsion loyihalarda ham ishtirok etib, o‘z ilmiy salohiyatini oshirib kelmoqda:
“Paxta - ipak to‘qimalari asosida ikki qatlamli trikotaj olish texnologiyasini o‘zlashtirish” (2009 - 2010yy.);
“Trikotaj to‘qimalarini olishning resurs tejamkor texnologiyalarini yaratish” (2011 - 2012 yy);
“Yangi ikki qavatli to‘qimalardan foydalanib, gigienik xususiyatlari yaxshilangan trikotaj mahsulotlarini olishning resurstejamkor texnologiyasini o‘zlashtirish” (2013 - 2014yy);
- “Yuqori kirishimli laykra ipidan foydalanib shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan trikotaj to‘qimalarini olishning resurstejamkor texnologiyasini o‘zlashtirish” (2015 - 2016).
Dotsent Nilufar Xonxodjaeva 2014 yildan TTYeSI doktorantura bo‘limi katta ilmiy hodim - izlanuvchisi sifatida faoliyat yurita boshladi. 2015 yil aprel oyida “Sozdanie texnologii polucheniya noviyx vidov assortimentov poloten na dvuxfonturniyx trikotajniyx mashinax” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya ishini muddatidan oldin himoya qildi va OAK tomonidan texnika fanlari doktori ilmiy darajasi diplomi bilan taqdirlandi.
Shu kunga kelib, 80 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan bo‘lib, bular ichida 3 ta patent, 20 dan ortiq maqolalari ilmiy jurnallardagi maqolalari xorijiy jurnallarda ham chop etilgan. Olimaning 2 ta darslik va 1 ta o‘kuv qo‘llanmasi, bir nechta uslubiy ishlari nashr etilgan.
Texnika fanlari doktori Nilufar Rahimovna to‘qimachilik sanoati uchun yetuk mutaxassislar tayyorlashda o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda. U “Naqsh xosil qilish nazariy asoslari”, “Xom ashyo tejash texnologiyasi nazariy asoslari”, “Trikotaj maxsulotlarini avtomatik loyihalash tizimlari”, “Maxsus texnologiya”, “To‘qimachilik maxsulotlari texnologiyasi va jihozlari” fanlaridan o‘zbek va rus tillarda mashg‘ulotlar (ma’ruza, amaliy va laboratoriya) olib boradi. Uning rahbarligida 70 dan ortiq bakalavrlar bitiruv ishlari va 20 ga yaqin magistrlik dissertatsiyalari bajarilgan. Shogirdlari trikotaj ishlab chiqarish texnologiyasining yirik va o‘rta korxonalarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Nilufarxon oilali, 2 nafar farzandi bor.