Xorazm viloyatining Xazorasp tumanidagn tajribali pedagog Dilorom Yusupovada momomiz To‘rabekaxonim singari shijoatkorlik va o‘ktamlik, shoira Nodirabegim singari noziktab shoirona qalb va shuningdek, tashkilotchi rahbarlik xususiyati mujassam. U 1952 yilda Xiva shaxrida oddiy ishchi oilasida tug‘ilgan. 1972 yilda Xiva Pedagogika kollejini tamomlagach, shu yili turmushga chiqib, o‘z faoliyatnii Hazorasp tumanidagn Al-Xorazmiy nomli maktabda yoshlarga sabok berishdan boshlab, keyinchalik ushbu dargoxda direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlash bilan birga, sirtdan Xorazm Davlat pedagogika institutini tamomlagan. Tajribali pedagog shundan keyin 1979—1997 yillarda tuman xalq ta’limi bo‘limi uslubiyatchisi va tumandagi 4-son «Go‘zal» bolalar bog‘chasida mudira, 1997 — 2001 yillarda Hazorasp tumani xokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar ko‘mitasi raisi, 2001 yildan to bugungi kunga qadar Hazorasp pedagogika kasb- xunar kolleji direktori lavozimida samarali mexnat qilib kelmoqda.
D.Yusupovaning qizg‘in mehnat faoliyati Hazorasp tumani xokimi o‘rnnbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan davriga to‘g‘ri keldi. U tumandagi ajrimlarni, ayollar o‘rtasidagi jinoyatchilikni kamaytirish, milliy qadriyatlarni tiklash va targ‘ib qilish kabi yana qator xayrli va ezgu ishlarni amalga oshirib, tuman xotin-qizlarning xayotdagi roli va o‘rnini oshirishda o‘z xissasini qo‘shdi.
D.Yusupova tashabbusi bilan shu o‘tgan yillarda tumandan 150 km uzoqlikda joylashgan Tuproqqala massivida pedagogika kollejining bo‘limi tashkil etilib, ishga tushirildi. Natijada bu yerda nafaqat Tuproqqal’a massivi, balki Sarimoy qishlog‘i va uzoq qishloqlardagi bilimga chanqoq o‘g‘il-qizlar xam o‘z bilimlarini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Shuningdek, tuman hokimligining qo‘llab- quvvatlashi tufayli ko‘p yillardan buyon o‘z ishini to‘xtatib qo‘ygan tumandagi «Shodlik» bolalar bog‘chasinn qaytadan ta’mirlatib, uni iqtidorli bolalar bog‘chasiga aylantirib, bu yerda tumandagi 30 nafar iqtidorli jajji kich-kintoylarning tarbiyalanishiga erishdi.
Tajribali raxbarning sa’y-xarakatlari o‘z samarasini berdi. Kollej nafaqat tumanda, balki viloyatda xam yetakchi ilm maskanlari safidan o‘rin oldi.
Jonkuyar pedagog Dilorom Yusupova o‘zini ijodkor sifatida xam namoyon etib, «Muallimlik saodati», «Yoshlar tarbiyasi — ummumxalq ishi» va «Murabbilik soatlari» singari o‘quv qo‘llanmalarini chop ettirdi. Hukumatimiz uning ko‘p yillik fidoyi mexnatlarini munosib taqdirladi. U mustaqillik yillarida «O‘zbekiston xalk ta’limi a’lochisi», «O‘rta va maxsus kasb-xunar ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishonlariga sazovor bo‘lib, xazorasplik xotin-qizlarning, bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, ming otlilar yurtining faxriga aylandi