Ne’matillo Zokirov 1952 yilning 23 iyunida Namangan viloyati Kosonsoy tumani Tergachi qishlog‘ida tug‘ilgan. 1969 yilda shu tumandagi 28 - o‘rta maktabni tamomlagan.
1974 yili Tojikiston davlat universiteti fizika fakultetini tamomlab , fizika - astrofizik institutida ilmiy xodim,1975 - 1976 yillarda O‘rta Osiyo mintaqaviy ilmiy - tekshirish instituti qoshidagi viloyat do‘lga qarashli kurash otryadida muhandis, 1976 — 1979 yillarda Kosonsoy tumani 28 - o‘rta maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
1979 yildan hozirgacha Namangan muhandislik - pedagogika institutida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimida ishlab kelmoqtsa.
1994 yili nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. U 35 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlarning muallifidir.
N. Zokirov kafedra ilmiy - uslubiy ishlariga rahbarlik qiladi. U texnika o‘quv yurtlari uchun fizikadan namunaviy dastur ishlab chiqqan. Uning mexanika va molekulyar fizika fanidan ma’ruzalar matni res publika texnika o‘quv yurtlarida foydalanishga tavsiya etilgan.
N. Zokirov yoshlar tarbiyasi borasida hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq qilishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun respublika “Ustoz” jamg‘armasining “Faxriy yorlig‘I” bilan taqdirlangan.