O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Hakimov Muhammadjon Xo‘jaxonovich

Filologiya falari doktor

    1962  yil  16 fevralda  Marg‘ilon shahrida  tug‘ilgan. 1989 yildan buyon  Farg‘ona davlat pedagogika instituti filologiya  fakultetida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
  M. Hakimov  o‘zbek filologiyasi  fakulteti  o‘zbek  tilshunosligi  kafedrasida  1989 - 1990 yillari  o‘qituvchi, 1990 - 1993 yillari 10. 02. 02 - O‘zbek tili  ixtisosligi bo‘yicha aspiranturada  tahsil olgan. 1994 -16 yillari  o‘zbek filologiyasi  fakulteti  o‘quv ishlari  bo‘yicha dekan  o‘rinbosari, 1997 - 2000 yillari 10. 02. 02 - O‘zbek  tili ixtisosligi  bo‘yicha  o‘zbek tilshunosligi kafedrasi doktaranti, 2001 - 2002 yillari  nutq  madaniyati kafedrasi katta  o‘qituchii. 2004 - 2007yillari filologiya fakulteti dekani  lavozimlarida iaan.
  1994 yilda filologiya fanlari doktori, professor M.Mukarramov rahbarligida 10. 02. 02 - O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatik xususiyatlari” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
  2000 yilda filologiya fanlari doktori, professor A. Nurmonov ilmiy rahbarligida 10. 02. 02 - O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tilida matnning pragmatik talqini” mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
  2004 - 2005 yillarda faoliyat ko‘rsatgan ixtisoslashgan Kengashning tashkilotchilaridan biri sanaladi. Ayni vaqtda 10. 02. 02 - O‘zbek tili yo‘nalishidagi birlashgan ixtisoslashgan Kengashning ilmiy kotibi vazifasini bajargan.
  M. Hakimovning ilmiy rahbarligida tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi M. Zokirov 2007 yili “Lingvistik interferentsiya va uning o‘zbek - tojik bilingvizmida namoyon bo‘lishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, Qo‘qon davlat pedagogika instituti katta ilmiy xodimi Sh.Toshxo‘jaeva “E. A’zam asarlarining lingvopoetikasi”, FDU xodimlari S. Qurbonova “Badiiy matnda shaxs xususiyatlarining ifodalanishi”, S.Zokirova “O‘zbek va tojik tillarining kontrastiv sintaksisi”, A. Axtyamov “Matnning pragmakomprativistik tadqiqi” (o‘zbek va nemis tillari misolida), 3.Xodjaeva “O‘zbek va nemis tillarida lingvistik motivlanish asoslari” mavzularida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
  M.Hakimov tomonidan respublika ilmiy jurnal va to‘plamlarida 70 dan ortik ilmiy - uslubiymaqolalare’lonqilingan. 2011 yilda “O‘zbek tili pragmatikasi” o‘quv - uslubiy qo‘llanmasi va 2013 yilda “O‘zbek pragmalingvistikasi asoslari” monografiyasini nashr ettirdi. U 20 dan ortiq respublika hamda xalqaro ilmiy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan. Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan 2006 yili “Uzbekistan Respublikasi Mustaqilligiga 15 yil”, 2011 yili “O‘zbekistan Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.
  M.Hakimov 2004 - 2012 yillarda Fuqarolik jamiyatini monitoring qilish mustaqil instituti Farg‘ona bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlagan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80