O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Hisamiyeva Gulnora Jangirovna

    Hisamiyeva Gulnora Jangirovna 1971 yilning 12 avgustida Qozon shahrida tug‘ilgan. 1987 yil Toshkent shahridagi 10 - o‘rta maktabni muvaffaqiyatli tamomlaydi  va o‘sha yilning o‘zida Tomsk shahri Davlat universitetining iqtisodiyot fakultetiga o‘qishga kiradi. 1993 yil ushbu oliy o‘quv yurtini tamomlab, iqtisodchi, iqtisodiyot nazariyasi muallimi mutaxassisi sifatida ish faoliyatini boshlaydi. Gulnoraxon fanga juda qiziqadi. Uning sirli olami murakkabliklari bilan o‘ziga ohangrabodek chorlar edi. U 1993 yil Toshkent Davlat Iqtisodiyot universigetining “Iqtisodiyot tarixi” kafedrasi aspiranturasiga kirishga muvaffaq bo‘ladi. Oradan bir necha yil o‘tib, ya’ni 2001 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi.
    1996 - yildan boshlab Gulnora Xisamiyeva shu oliy o‘quv yurtining Iqtisodiyot tarixi kafedrasida ish boshlaydi. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan ma’ruzalar o‘qiydi. 1999 - yildan e’tiboran G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkentdagi filialida ishlamoqda. Iqtisodiyotning turli yo‘nalishlaridan talaba yoshlarga qiziqarli ma’ruzalar o‘qiyapti. 2003 yildan esa Gulnora Jangirovnani “Biznes va ish boshqaruvi” fakulteti dekani etib tayinlashdi.
    Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Xisamiyevaning saboqlari doim talabalarda qiziqish uyg‘otib kelgan. Ustoz o‘z ma’ruzalarini boyitib, eng so‘nggi yangiliklar bilan barobar olib borishga harakat qiladi. Shu kunlarda Gulnoraxon doktorlik ishi ustida faoliyat olib bormoqda.
    Gulnoraxon ish joyida xurmat - e’tiborda, ikki shirindan - shakar bolajonlarning onajonisi.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5