Shokirov Abduvali Mahammadaliyevich 1945 yil 9 mayda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Sayram qishlog‘ida tug‘ilgan. 1962 yilda o‘rta maktabni bitirib, shu yili Toshkent politexnika institutiga “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirgan.
1964 - 1967 yillarda harbiy xizmatni o‘tadi. Xizmatdan so‘ng o‘qishni davom ettirib,1972 yilda tamomlagan.
Institut yo‘llanmasi bilan Toshkent mashinasozlik zavodiga master - usta vazifasiga ishga kirgan.
1974 - 1978 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutida laboratoriya boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
1978 yil dekabrdan 1991 yilgacha O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish ilmiy - tadqiqot institutida aspirant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. 1991 yil shu institutning maxsus ilmiy kengashida “Poliz ekinlarini yetishtirishda sug‘orish arig‘ini ochuvchi vosita o‘lchamlari va texnolog‘iyasini asoslash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1978 - 1991 yillar davomida 22 ta ilmiy maqola, ilmiy hisobot, tavsiyanoma, texnologik kartalar yozgan va ishlab chiqqan. 1991 yildan Namangan qishloqxo‘jaligini mexanizatsiyalash texnikumida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
1994 - 1997 yillarda Namangan sanoat - texnologiya institutining (hozirgi NamMPI) ekologiya kafedrasida mehnat muhofazasi fanidan dars bergan.
1998 - 2000 yillarda Namangan viloyat kommunal xo‘jaligi qoshidagi o‘quv kombinatida direktor, 2000 - 2002 yillarda esa Uzbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazining Namangan hududiy bo‘limida mexanizatsiya bo‘limi bosh mutaxassisi vazifasida ishlagan. 2002 o‘quv yili boshidan yana Namangan muhandislik - pedagogika institutiga ishga kelgan.
Hozir transnport fakultetining avtomobillar, traktorlar va o‘qitish metodikasi kafedrasida faoliyat ko‘rsatmoqda.