O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Eshonxo‘jayev Dovudxon

Eshonxo‘jayev Dovudxon    Dovudxon Eshonxo‘jayev 1957 yil 2 iyunda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Yangiyer qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan.
    1964 - 1974 yillarda tumandagi 28 - o‘rta maktabda o‘qigan.
    1976 - 1980 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida (hozirgi TDAU) tahsil olib, xalq xo‘jaligini rejalashtirish ixtisosligini egallagan.
    Mehnat faoliyatini Toshkent shahar “Uzorgtexvod- story” idorasida muhandis sifatida boshlab, so‘ngra katta iqtisodchi bo‘lib ishlagan.
    1987    yildan 1989 yilgacha O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti institutida kichik ilmiy xodim, so‘ngra katta ilmiy xodim sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
    1988    yili yuqoridagi institutning Ixtisoslashgan ilmiy kengashida “Qoramol go‘shti ishlab chiqarishda jonli va jonsiz mehnatni iqtisod qilish” (Namangan viloyati misolida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini egalladi.
    1989    yildan 1991 yilgacha Toshkent politexnika instituti Namangan filialida (hozirgi NamMPI) assistent, 1991 yildan hozirgacha dotsent lavozimida ishlamoqda. 1993 yildan 1994 yilgacha texnologiya fakulteti dekan muovini, 1994 yildan boshlab menejment kafedrasi dotsenti va iqtisodiyot fakulteti dekani lavozimlarida ishladi.
    1998 yili Niderlandiyaning 1RS xalqaro fermerlar maktabida, 1999 yili esa respublika “Ustoz” jamg‘armasi granti sovrindori bo‘lib, AQShning Nyu - Paltts universitetida (Nyu-York shahri) malaka oshirib qaytgan.
    Mehnat faoliyati davomida 50 dan ziyod ilmiy maqola, 3 ta o‘quv qo‘llanmasi, 10 dan ortiq ilmiy - uslubiy ko‘rsatmalar chop ettirgan. 2003 - 2004 o‘quv yili oxiridan boshlab D. Eshonxo‘jayev yangi tashkil etilgan moliya fakulteti dekani etib tayinlandi.
    Olim ayni paytda “Iqtisodiyotni erkinlashtirishda tijorat tashkilotlarida personalni boshqarish metodikasi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bormoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5