O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xatamov Abdubanno Abdullayevich

Xatamov Abdubanno Abdullayevich     Abdubanno Abdullaevich Xatamov 1930 yil 15 dekabrda Namangan shaxrida tug‘ilgan.
1947 — 48 yillarda Namangan shahar o‘qituvchilar institutining fizika - matematika fakultetida o‘qigan.
1948 yilda Toshkentdagi Nizomiy nomli pedagogika institutining fizika - matematika fakultetiga o‘qishga kirib, 1950 yilda tamomlagan. Shu yildan Moskvadagi Lomonosov nomli universitet aspiranturasida o‘qish bilan birga radioelektronika sohasida ilmiy izlanishlar olib bordi. 1954 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
1954 — 1957 yillarda Toshkentdagi Nizomiy nomli pedagogika institutida fizika fani bo‘yicha ilmiy xodim va o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
1957 yildan 1960 yilgacha Andijon pedagogika in- stitutida fizika kafedrasining mudiri vazifasida ishlagan.
1960 — 1978 yillar davomida Andijon paxtachilik institutida fizika kafedrasining mudiri va ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.
1983 yildan 1990 yilga qadar Toshkent politexnika instituti Namangan filialining (hozirgi Nam- MPI) fizika, elektrotexnika kafedralarida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
A. Xatamov Farg‘ona vodiysidan chiqqan birinchi fizik olim edi. Ilmiy doiralarda uni «o‘zbek Nyuto- ni», deb atashardi.
Olim 60 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlar muallifi, ko‘plab shogirdlarga ustoz, mahoratli pedagog, kamtarin, zahmatkash inson edi.
1992 yilda shafqatsiz o‘lim uni oramizdan bevaqt olib ketdi.
Lekin undan bizga boy ilmiy meros qoldi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5