Sobitxon Hoshimov 1947 yili 27 martda Namangan shahrida o‘qituvchi oilasida tug‘ildi. Namangan shahridagi 10 - maktabni 1964 yili tugatdi. Shu yili Toshkent Politexnika instituti injener-fizika fakulteti matematik xisoblash qurilmalari va priborlari mutaxassisligining 1- kursiga o‘qishga kirdi. 1969 yili ana shu mutaxassislikni tugatdi. 1969 yillarda ”Glavtashkentstroy” hisoblashmarkazida katta injener lavozimida ish faoliyatini boshladi. Shundan so‘ng 1973 — 1976 yillarda bosh mutaxassis sifatida O‘rta Osiyo Qishloq ho‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot instituti Namangan bo‘limida ish faoliyatini davom ettirdi. 1976 — 1978 yillarda YeS-1020 EHM boshlig‘i lavozimida O‘zbekiston Respublikasi Davlat rejalashtirish hisoblash markazi Namangan bo‘limida ishladi. 1978 — 1979 yillarda “UzPO elektroterm” hisoblash markazi boshlig‘i o‘rinbosari, 1979 — 1981 yillarda Namangan tarmoq axborot hisoblash markazida YeS-1033 EHM boshlig‘i, 1981 — 1983 yillarda Respublika bosh hisoblash markazining Namangan filiali bo‘lim boshlig‘i, 1983 — 1991 yillarda Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish boshqarmasining Namangan filiali bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishladi. 1991 yildan Namangan muhandislik - pedagogika instituti “Hisoblash texnikasi” kafedrasida faoliyat ko‘rsatdi. 1995 yili nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘ldi. 1997 — 2000 yillarda shu kafedra mudiri, dotsent lavozimida ishladi. Shundan so‘ng 2000 — 2003 yillarda Namangan muhandislik iqtisodiyot instituti “Menejment” kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. 2003 yildan to shu kungacha shu institutda “Ilmiy bo‘lim” boshlig‘i sifatida ishlab kelmoqda.
Bu davrda 33 tadan ziyod ilmiy ishlari natijalari chop etildi. 2002 yili O‘zbekiston fan texnika va texnologiya markazi tomonidan e’lon qilingan tanlovda
o‘z loyihasi bilan qatnashib, tanlovda g‘olib deb topildi. Hozirgi kunda ushbu loyiha asosida doktorlik ishini bajarmoqda.