O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xudoyberdiyev Abdusalom

Xudoyberdiyev Abdusalom     Abdusalom Abdurasulovich  Xudoyberdiyev 1957 yilning 28 iyulida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Katta  Qurama  qishlog‘ida  ziyoli  oilasida tug‘ilgan.
    1964 - 1974 yillarda  shu qishloqdagi  38 -  o‘rta maktabda  o‘qigan.
    1974 - 1979 yillarda qirg‘iziston Respublikasining Frunze politexnika institutida “Oziq ovqat ishlab chiqarish mashina va apparatlari” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qib, uni imtiyozli diplom bilan tugatgan. Muhandis - mexanik ixtisosligiga ega.
    1979 - 1993 yillarda Buxoro oziq - ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining oziq - ovqat ishlab chiqarish mashinalari, apparatlari va ularni avto -  matlashtirish kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida ishlagan.
    1981 - 1983 va 1988 - 1990 yillarda mazkur institut texnologiya fakulteti dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha muovini vazifasida ishlagan.
    1988 yili Toshkent kimyo - texnologiya institutining Ixtisoslashgan ilmiy kengashida professor A.O. Ortiqov rahbarligida “O‘simlik moyi eritmalarini birlamchi distillyatsiyalash jarayonlarini mukammallashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
    1993 yilda A. A. Xudoyberdiyev Namangan sanoat - texnologiya institutiga (hozirgi NamMPI) yangi tashkil etilgan konservalash texnologiyasi kafedrasiga ishga taklif etildi. Kafedraning shakllanishi va moddiy - texnika bazasini mustahkamlash uchun samarali mehnat qildi. So‘ngra ekologiya va mehnat muhofazasi, kimyoviy texnologiya va biotexnologiya kafedralarida dotsent lavozimida mehnat faoliyatini davom ettirdi.
    1998 - 2000 yillarda texnologiya fakulteti dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha muovini vazifasida ishladi.
    2002 yildan boshlab texnologik jarayonlar, qurilmalar va ularni avtomatlashtirish kafedrasini boshqarib kelmoqda.
    A. A. Xudoyberdiyev 80 dan ortiq ilmiy - uslubiy ishlar, shu jumladan, 3 ta mualliflik guvohnomasi va ilmiy monografiya muallifidir.
    Uning ilmiy - tadqiqot ishlari natijalari Buxoro va Kogon yog‘ - ekstraktsiya zavodlari “Namanganvino” agrofirmasi va “Baxt” qandolat korxonasida ishlab chi- qarishga joriy etilgan.
    Olim ayni kunlarda “Oziq - ovqat sanoati korxonalari chiqitlaridan import o‘rnini bosuvchi ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqarish tizimlarini model- lashtirish va optimal loyihalash” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5