O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Karimova Ezoza

Karimova Ezoza    Ezoza Karimova 1973 yili  Namangan  tumanida xizmatchi  oilasida tug‘ilgan. 1990 yili  Hamid  Olimjon nomidagi umumta’lim  maktabini a’lo  baholarga  tamomlab, Tosh DUning  falsafa  fakultetiga o‘qishga topshirdi. 1966 yil universitetni yakunlab,  aspiranturada o‘qishda qoldi. 2003 yilda  O‘z RFA  qoshidagi I. Mo‘minov  nomli  falsafa institutida  ijtimoiy   psixologiya va sotsialogiya ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik  dissertatsiyasini himoya qildi. Sotsiologiya fanlari nomzodi darajasiga  ega bo‘ldi. Ezoza  Karimova  hozirda  doktorlik  dissertatsiyasi  ustida  ish olib bormoqda. Yosh  olima  Ezoza  Karimova  2004 yildan  beri  Toshkent  axborot  texnologiyalari  universitetining  ma’naviyat va ma’rifat  markaziga  rahbarlik qilmoqda.
  Ezoza  boshchiligida  bilim dargohida o‘zini - o‘zi  boshqarish, mentalitet, qadriyatlar va demokratiyaga  bag‘ishlangan ilmiy amaliy seminar  va konfrensiyalar o‘tkazish an’anaga  aylangan. “O‘zini - o‘z  boshqarish va milliy ananalar”, “Mentalitet va demokratiya”, ”Globallashuv va axborot  xuruji“ mavzularida  konferensiyalar tashkil etdi. Bundan  maqsad  demokratiya tamoyillarini yoshlarga  yanada  chuqurroq  tushuntirib berish xalqimizning o‘ziga  xos mentaliteti va uning  demokratik  tamoyillarga mosligini  o‘rganish yoshlar  ongiga  axborot  xavsizligi, mafkuraviy immunitet kabi  tushunchalarni   singdirish va bu sohada  bugungi  kunda olib  boriladigan  asosiy vazifalarni aniqlashdan iborat.
  Hozirgacha olimaning 40 dan ortiq ilmiy maqolalari, o‘quv qo‘llanmasi va monografiyasi  nashr etildi. U ikki  bora innovatsion  grantlarda ishtirok etdi. Olima  yaxshigina  notiq ham. U 2004  yilda  Toshkent shahar ma’naviy ma’rifat markazi tomonidan o‘tkazilgan  “Eng yaxshi  notiq” ko‘rik tanlovida 2 o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2005 yilda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  huzuridagi  Davlat va jamiyat qurilishi akademyasida tahsil oldi. 
  Iqtidorli Ezoza Karimova hayotini  ilmga  bag‘ishlagan. U tinmay ilm  ortidan izlanmoqda. Bu sohada o‘g‘li Bunyodjon  Ezozaga qanot  bo‘ladi, albatta.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5