O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nazarov Salohiddin Alijonovich

Tarix fanlari doktori, professor Nazarov Salohiddin Alijonovich 1930-yil 1-yanvarda Namangan shahrida tavallud topgan. Millati o‘zbek. 1953-yili O‘rta Osiyo davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tamomlagan.

16 nafar fan nomzodini tayyorlagan. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar — olimning ilmiy yo‘nalishi.

1960-yilda «Руководство партийным и государственным строительством в Средней Азии (1918–1924 гг.)» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1969-yilda «Партийное строительство в Средней Азии (1918–1934 гг.)» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Olim arxeologiya va tarix sohalarida ko‘plab shogirdlar yetishtirgan. Olimning ilmiy tadqiqotlari katta amaliy ahamiyatga molikdir. Uning arxeologik izlanishlari tufayli Qizilqumga tutashgan qadimgi sug‘orilgan yerlar aniqlanib, ular qayta o‘zlashtirildi. Olim 350 ga yaqin ilmiy maqolalar, ko‘plab kitob, risola va bir necha darslik hamda o‘quv-qo‘llanmalar muallifidir.

50 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallifi hamdir. Uning bir qancha asarlari chet ellarda ham nashr etilgan. U respublika va xorijiy mamlakatlar simpozium va anjumanlarida ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashib kelmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar6



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5