O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nuriddinov Erkin Zuhriddinovich

Tarix fanlari doktori E.Z. Nuriddinov 1956-yil 26-dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati o‘zbek. 1978-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tarix fakultetini tamomlagan.

Olim O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti va Toshkent davlat pedagogika universitetlarida faoliyat yuritgan.

E.Z. Nuriddinov 1985-yilda “Вклад Узбекской ССР в экономическое, научно-техническое и культурное сотрудничество СССР с Венгерской Народной Республикой (1960–1980 гг.)” mavzusida nomzodlik, 2000-yilda «Международное сотрудничество Узбекистана со странами Европы в условиях независимости: становление, развитие, проблемы» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

20 ga yaqin shogirdlari bor, ulardan 6 nafari nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. Zamonaviy xalqaro munosabatlar va unda O‘zbekiston Respublikasining ishtiroki olimning ilmiy yo‘nalishi hisoblanadi.

Olim hozirda Toshkent davlat pedagogika universiteti “Tarix” kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bir qator respublika va xalqaro miqyosdagi anjumanlar ishtirokchisi. 50 dan ortiq xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida ishtirok etgan. 100 dan oshiq nashr etilgan ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari mavjud.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5