Rashidova Sayyora Sharafovna - yirik olima, kimyo fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Fan arbobi, O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy - tadqiqot markazi direktori - yuqori molekulyar birikmalar kimyosi, metallonolimer tizimlari, biologik faol polimerlar, nanokimyo va nanofizika sohalaridagi tadqiqotlari bilan keng ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan.
Rashidova Sayyora Sharafovna 1000 dan ortiq ilmiy nashrlar, 7 ta monografiya va darsliklar, 50 ta ixtiro va patentlar muallifidir. Olimaning qator ilmiy tadqiqotlari natijasi jahon ma’lumotlar zaxirasiga kiritilgan bo‘lib, Respublika va chet el nashrlarida ko‘plab havolalar keltiriladi. Uning fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajasiga ega 20 dan ortiq shogirdlari O‘zbekiston Respublikasi va chet el ilmiy, o‘quv va sanoat markazlarida samarali faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Akademik Sayyora Sharofovna tomonidan o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarining polimer preparativ shakllarini sintez qilish va uruglik chigitlarga polimerlarping biologik ta’sir mexanizmlarini o‘rganish hamda ushbu o‘zaro ta’sirni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan istiqbolli ilmiy yo‘nalish yaratildi. 1998 yilda intellektual mulk bo‘yicha Jenevada bo‘lib o‘tgan XXVI Xalqaro ko‘rgazmada “Urug‘larning kapsulalash texnologiyasi” nomli ilmiy ishlanmasi bronza medaliga sazovor bo‘lgan.
Akademik Sayyora Rashidova rahbarligida xitin, xitozan, gumbak yogi, organomineral o‘gitlar va oqsil kontsentratlarini ajratib olish maqsadida tabiiy ipak sanoati chiqindilarini uygun qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda polimer shaklli defoliant – “Polidef” ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
Taniqli olimaning ilmiy tadqiqotlari natijalari muntazam xorijiy shaharlar (Parij, Lion, Maynts, Bazel, Dehli, Anqara, Nyu - Dehli, Varshava, Moskva, Sankt - Peterburg va b.)da ma’ruza qilingan va Polimerlar kimyosi bo‘yicha xalqaro ilmiy forumlarda (Dublin, Budapesht, Poznan, Merseburg, Monreal, Moskva, Varshava, Praga, Vilyuben va b.) taqdim etilib, mutaxassislarning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
O‘zR FA akademigi Rashidova Sayyora Sharofovna boshqarayotgap Istiqbolli polimerlar sintezi laboratoriyasida Germaniya, Buyuk Britaniya olimlari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, buning natijasida OAAO (Potsdam universiteti), Shvetsariya milliy-ilmiy fond (Bazel universiteti) va Royal Society (Brunel universiteti, London)
yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro byudjetlar doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda Sayyora Sharofovna rahbarligida Kimyo fakulteti bilan “Umumiy va neft kimyosi” hamda Fizika fakulteti bilan “Polimerlar fizikasi” ilmiy markazlari tashkil etildi.
Namangan Davlat universiteti huzurida O‘zMU PKF ITIning muammoli laboratoriyasi tashkil etildi. Hozirgi kunda mazkur laboratoriyada universitet bakalavrlari tsellyuloza va uning hosilalari kimyosi, fizikasi va texnologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida “Tola hosil qiluvchi materiallar, qog‘oz kimyoviy texnologiyasi va dizayn” kafedrasining filiali ochildi.
Akademik Sayyora Rashidova hammuallifligida 10 ga yaqin darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan. Shuningdek, taniqli olima Yuqori molekulyar birikmalar bo‘yicha muammoli Ilmiy kengash raisi, bir qator Institutlar ixtisoslashgan kengashlari a’zosi, “O‘zbekiston kimyo jurnali” tahririyati a’zosidir. Shuningdek, Xalqaro ta’lim, industriya va san’at Fanlar Akademiyasining (FQSh) haqiqiy a’zosidir.
1993 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni; 1997 yilda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni; 1999 yilda “Do‘stlik” ordeni, 2003 yilda “El - yurt hurmati” ordeni sovrindori. 1983 yilda kimyo fanlari doktori ilmiy darajasiga, 1984 yilda professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan, 1993 yilda Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi, 2000 yildan Fanlar Akademiyasi akademigi.
Akademik Sayyora Sharofovna Respublikamiz ijtimoiy hayotida ham faol ishtirok etadi. Sayyora Rashidova “O‘zbekiston – Polsha” jamiyatining raisi va 1995 - 2015 yillarda O‘zR Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) sifatida samarali faoliyat yuritgan.
Rashidova Sayyora Sharofovna polimerlar haqidagi fan sohasidagi yetuk mutaxassis, shuningdek, yuksak aqliy salohiyatga ega, kamtarin, katta ilmiy jamoalarni boshqarish iqtidoriga ega.