O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdalimova Matluba

Abdalimova Matluba    Yurtimizda Talim to‘g‘risidag qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bo‘yicha talim muassalarida dunyo andozalariga mos talim –tarbiya ishlari olib borilmoqda mos ta’lim-tarbiya ishlari olib borilmokda.
    Vatanimiz qadimdan ilm-fan markazlaridan biri bo‘lgan. Alloma bobolarimizning ko‘plab sohalarga oid asarlari esa dunyoga yoyilgan.
    Istiqlolda ajdodlarimizning ezgu maqsadlarini davom ettirish imkoniyatlarini yaratganligi tufayli yoshlarimizda dil va jahondagi eng ilg‘or davlatlarning yoshlaridan hech bir jabhada kam emas.
    Ana  shunday qalbi yoniq, yurtga sodiq yoshlarga ta’lim- tarbiya berayotgan olima ayollardan biri Andijon mashinasozlik institutining “O‘zbekiston tarixi va falsafa” kafedrasi dotsenti Matluba Abduqodirovna Abdalimovadir.
    U 1955 yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni imtiyozli tugatib, 1972  yildaToshkent davlat universiteti (hozirda O‘zbekiston Milliy universiteti)ga o‘qishga kirdi.
    Jo‘shqin talabalik yillari ham ortda qolib, u Andijon davlat tibbiyot institutining  “Falsafa” kafedrasi o‘qituvchisi vazifasida ish boshladi.
    Uning harakatchanligi, samimiyligi talabalarda ishonch uyg‘otib, dars mavzularini a’lo baholarga o‘zlashtira boshladilar, jamoat ishlaridagi faolliklari oshdi.
    Matluba Abduqodirovna  1979 yildan buyon Andijon muhandislik iqtisodiyot instituti (hozirda Andijon mashinasozlik instituti )da faoliyat yuritmoqda.
    Mustaqillikdan so‘ng yurtimizda voyaga yetayotgan yoshlar ta’lim – tarbiyasiga alohida ahamiyat berilayotganligi bois, oliygoh moddiy – texnika bazasi mustahkamlanib, mukammal axborot texnologiya vositalari bilan ta’minlandi, zamonaviy axborot – resurs markazi esa talabalar va ustozlar xizmatida.
    M. Abdalimova ilg‘or pedagog sifatida zamonaviy texnik jihozlardan foydalangan holda yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tib, talabalarni har tomonlama rivojlanishiga ko‘mak bermoqda.
    Bugungi yangi avlod siyosiy, ma’naviy, huquqiy madaniyati baland, o‘z kelajagini aniq tasavvur qiladigan yoshlardir. Ularga ustoz bo‘lish esa oson emas. Matluba Abduqodirovna o‘z ustida tinmay ishlaydi, izlanadi.
    O‘zining sa’y – harakatlari samarasida “Bo‘sh vaqt muammosi va uning falsafiy – ijtimoiy tahlili” mavzusidagi ilmiy ishini yoqlab, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi.
    Matluba Abdalimova ta’lim faoliyatiga doir viloyat, respublika miqyosidagi tadbir va anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, ilm ahlining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
    Ustoz – murabbiy maqomida talaba yoshlarni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy, ma’naviy – siyosiy jarayonlarning tub mohiyatini yoshlarga anglatmokda va ularni bajara oladigan yuqori malakali, yuksak intellektga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashga astoydil harakat qilmokda.
    Biz yoshlarga g‘amho‘r muallima – olimaga uzoq umr, maqsadlari ijobatini tilaymiz.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya10