O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abduazizova Nazira

    Abdumajid aka va Hidoyat aya  xonadonida  ketma – ket  sakkiz farzand  dunyoga  keldi. Hunarmand ota  bolalari  o‘qimishli  bo‘lishlarini  niyat  qildi. Niyat  xolis ekan, hidoyat opaning farzandlari  el - yurt  tanigan olimu, olimalar  bo‘lib yetishdi. Yosh Nazira  ham  bolalikdan  o‘qishga  qiziqdi. Jurnalistika tarixi bo‘yicha fan doktori, professor  bo‘lib yetishdi. Uning bu darajaga  yetishishida tog‘asi akademik  Vohid  Abdullayevaning  xizmatlari  katta bo‘ldi. Hozirda Nazira Abduazizova  O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti  huzuridagi  Davlat va jamiyat  qurilishi  akademiyasi qoshidagi O‘zbekistonning  yangi  tarixi  markazi  ilmiy  tadqiqot  bo‘limi bosh ilmiy  xodimi  bo‘lib ishlab kelmoqda. Milliy  jurnalist kadrlarni  tayyorlashdagi katta  xizmatlari uchun xalqaro “Oltin qalam” sertifikati  bilan mukofotlangan, O‘zbekistonda xizmat  ko‘rsatgan  yoshlar murrabiysi, jurnalistika tarixiga  oid darsliklar, o‘quv dasturlari, risolalar, monografiyalar   muallifi. Nazira  Abduazizovaning asosiy  ilmiy faoliyati  mustaqillik yillariga  to‘g‘ri keldi. U milliy  matbuot  tarixini yangi davr  talablari  asosida, milliy  tiklanish  jarayon  holis  va aniq  aks  ettirib  beruvchi uch qismdan iborat darslik yaratdi. Sermahsul tadqiqotchi sifatida   tanildi. Ilmiy  ishlari    O‘zbekiston  matbuoti tarixi  fanini rivojlantirishga qo‘shilgan  salmoqli va munosib hissadir. 
  Olima o‘z ish faoliyatini O‘zMUning  jurnalistika  fakultetidan boshladi va 30 yil  ana shu  dargoxda  yoshlargi ilm  berdi, o‘qituvchi , dotsent kafedra  mudiri, professor  lavozimlarida  ishlash  bilan bir qatorda , jamoat  ishlarida  ham faol qatnashdi, ko‘p  yillar  universitet  Xotin – qizlar  qo‘mitasi raisi  sifatida  faoliyat  ko‘rsatdi. 
  Naziraxon Abduazizova oilali,  ikki farzandning  onasi, ikki  nabiraning  mehribon buvijonisi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5