O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdug‘aniyev Isomiddin

Geografiya fanlari nomzodi, dotsent

    1941  yil 25 sentyabrda Farg‘ona viloyatining Rishton  tumanidagi   Beshkapa  qishlog‘ida  tug‘ilgan. 1957 yilda Toshkent  davlat universitetining geografiya fakultetiga  o‘qishga kirib, 1962 yilda tamomlagan.  1962 - 1967 yillarda Rishton tumanidagi 5 - o‘rta maktabda  geografiya  o‘qituvchisi  va ilmiy  bo‘lim  mudiri  bo‘lib ishladi. 1967 yildan  boshlab  Farg‘ona  davlat  pedagogika  institutida  geografiya  fani o‘qituvchisi, katta o‘qituvchi va dotsent  lavozimlarida  faoliyat olib borgan.
  Isomiddin Abdug‘aniyev O‘zbekistonda  birinchilardan  bo‘lib  neft -  gazli tektonik   tuzilmalarni  qidirishda  landshaft  indikatsiyasi  tadqiqot  usulini ishlab chiqqan  va amaliyotda  qo‘llagan. Bu yo‘nalish  bo‘yicha  u 1970 yillarda  boshlab  ilmiy tadqiqotlar  olib bordi.  Ilmiy  tadqiqotlari  davomida, tektonik  tuzilmalarning  landshaft indikatorlarini o‘rganish orqali, Farg‘ona  vodiysi xududida neft va gaz  konlari  mavjud bo‘lgan maydonlarni  aniqlab berdi. Shuningdek, tabiiy  muhit  monitoringida landshaft indikatorlaridan  foydalanish  bo‘yicha  tavsiyalar  ishlab chiqdi.
  I. Abdug‘aniyev 1976 yilda Moskva  davlat  universiteti  ilmiy  Kengashida  professorlar T.V. Zvonkova va S.V. Viktorovlar   rahbarligida  “Farg‘ona” vodiysining janubiy qismida neft va gazli tuzilmalarning landshaft indikatorlari mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. I.Abdug‘anyiev rahbarligida 1983 - 1985 yilarda “Landshaftlarning geoximik xususiyatlari bilan bog‘langan chorva mollaridagi endemik kasalliklar va ularning indikatsion belgilari hamda profilaktikasi” mavzusi xo‘jalik bitimi bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlari olib borildi. Natijada, bu ishlari uchun O‘zbekistan qishloq xo‘jaligi vazirligining patentiga eta bo‘ldi.
  Shuningdek, 1990 - 1998 yillarda geografiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bordi. Ustoz 150 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlarni e’lon qildi. Ular orasida oliy o‘quv yurtlari geografiya fakulteti talabalari uchun “Umumiy yer bilimidan laboratoriya mashg‘ulotlari” (1986), “Geografiya darslarida o‘quv texnika vositalaridan foydalanish” (1990), “Geomorfologiya asoslari” (2002), “Umumiy yer bilimi” (2006), “Qiziqarli geografiya” (2007) kabi o‘quv qo‘llanma, darslik, o‘quv - uslubiy ko‘rsatma va risolalarni ko‘rish mumkin.
  Uning bevosita rahbarligida ilmiy ishini boshlagan 4 nafar shogirdlari (R. Xoliqov, U. Obidov, O. Abduganiyev, R. Pirnazarov) fan nomzodi, 1 nafari (Yu.Ahmadaliyev) fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar. Ko‘p yillik ilmiy - pedagogik faoliyati. davomida tayyorlagan shogirdlari hozirgi kunda yirik korxonalarda, oliy ta’lim mussasalarida mehnat qilmoqdalar.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5