O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdug‘aniyev Olimjon Isomiddinovich

Abdug‘aniyev Olimjon IsomiddinovichGeografiya fanyaari nomzodi, dotsent

    1976 yil 10 iyulda Rishton tumanidagi Beshkapa qishlog‘ida tug‘ilgan. 1993 yilda tumandagi 49 - maktabni tugatib, Farg‘ona davlat universitetiga geografiya ixtisosligi bo‘yicha o‘qishga kirgan. Ish faoliyatini 1998 - 1999 yillarda Farg‘ona davlat universitetining ekologiya va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasida shogird - tadqiqotchi lavozimidan boshlagan. 2004 yildan 2008 yilgacha geografiya kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishladi. 2008 yildan geografiya kafedrasining mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
    O. Abdug‘aniyev talabalik yillaridan boshlab O‘zbekiston Milliy universiteti professorlari A. Rafiqov va A. Nig‘matovlar rahbarligida ilmiy - tadqiqot ishlari olib borgan. 2008 yilda Gidrometeorologiya ilmiy - tekshirish instituti xuzuridagi K.128.10.01 raqamli ixtisoslashgan Kengashda “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini tashkil etishning geoekologik jihatlari (Farg‘ona viloyati misolida)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
    2014 yilda O. Abdug‘aniyevning rahbarligida O‘zbekiston ekologik harakati Farg‘ona viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda “Farg‘ona viloyatida ekoturizmni rivojlantirish” loyihasi davlat granti asosida bajarilgan bo‘lib, loyiha bo‘yicha “Ekoturizm va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzuida risola chop etildi. Shuningdek, u 2013 - 2017 yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat dasturining bajarilishini ta’minlash maqsadida tuzilgan ilmiy - amaliy Kengash a’zosi sifatidaham faoliyat olib bormoqda.
    O. Abdug‘aniyev tomonidan 70 dan ortiq ilmiy ishlar e’lon qilgan bo‘lib, turli yillarda “Farg‘ona vodiysi: tabiati, aholisi va xo‘jaligi (hududiy tashkil etish masalalari)”, “Markaziy Osiyo mintaqasida transchegaraviy resurslardan foydalanish masalasining keskinlashuvi va uning oqibatlari”, “Geologiya va geomorfologiya asoslari”, “Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalari chop etilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5