O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdug‘aniyev Yormuhammad G‘aniyevich

Kimyo fanlari nomzodi, dotsent

    1941 yil  1 dekabrda O‘sh viloyatining  Novqat  tumanida tavallud topgan. 1959 yilda o‘rta o‘rta maktabni  tugatib, bir yil pochtada  ishladi .  1960  yili FDPIning  kimyo - biologiya  fakultetiga o‘qishga kirib, 1965 yilda  tamomladi. Talabalik  davrida   faol  jamoatchi sifatida  fakultet  kasaba  uyushmasini boshqardi. Institutni  bitirgach, o‘z  ixtiyori bilan  3 oy maktabda  kimyo fanidan  dars berdi.
  1966 yildan boshlab  FDPI  kimyo  kafedrasida laborant, o‘qituvchi, assistent  lavozimlarida ishladi.
  1970 - 1973  yillarda Moskva elementar  organik  kimyo  institutining  ftor  birikmlari kimyosi kafedrasida aspiranturani bitirdi. 1974 yili  “Ftor  monomerlaridan perftortakril  kislota  va unda   polimerlarni  sintez  qilish” mavzusida  nomzodlik  dissertatsiyasini  yoqladi.
  1974 - 1982 yillari  Moskva  plastmassa  ilmiy tadqiqot  institutining  Farg‘ona  filialida  laboratoriya  mudiri  lavozimida  faoliyat olib bordi. 1982 yili  Farg‘ona davlat pedagogika  instituti ximiya kafedrasiga  dotsentlik  lavozimiga  ishga taklif etildi. 1992 yili FarDU  umumiy  kimyo va kimyo o‘qitish  kafedrasi, so‘ng noorganik va analitik kimyo kafedrasi  mudiri,  kimyo bo‘limi boshlig‘i  lavozimlarida  ishladi.
  Yo. G‘. Abdug‘aniyev faoliyati davomida 3 ta  mualliflik  guvohnomasi, 70 dan  ortiq ilmiy, ilmiy - uslubiy  maqolalar , qo‘llanma va chet el  patentlari  (AQSh, Frantsiya, Ispaniya) olib, fan va ishlab  chiqarish  sohalarida faoliyat olib  borgan.
  U Farg‘ona neftni  qayta  ishlash  aktsionerlik  kompaniyasi,”Quvasoytsement” AJ  bilan hamkorlikda  samarali  ishlar olib borgan.  Kafedraning  ijtimoiy  va ilmiy pedagogik  sohalarida faol qatnashib, yuqori bosqich  talabalarining bitiruv - malakaviy ishlariga, magistratura bo‘limida   magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik  qilib kelmoqda. Yo. Abdug‘aniyev “FarDU da xizmat  ko‘rsatgan dotsent” faxriy  unvoniga ega. Bir  necha  marotaba  universitet ma’muriyatining raxmatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy  va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Faxriy yorlig‘i  bilan taqdirlangan. 2002 yilda “Kasb - hunar va  maxsus  ta’lim a’lochisi” nishondori bo‘ldi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5