O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdullaxo‘jayeva Malika

    Ha ,azizlar, yanglishmadik. Mustaqillik sharofati bilan bir o‘zbek qizi tibbiyot sohasida o‘z yurtining birinchi akademik ayoli bo‘ldi! Butun dunyo ayollari harakatining tinchlikni himoya qilish ishiga va urushga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi uchun 1986 yilda Koliforniya shtatidagi Fresko shahrining faxriy fuqarosi deb tan olingan ham shu Malika Abdullaxo‘jayeva edi. Esingizda saqlang. Malika Abdullaxo‘jayeva Amerika Biografiya instituti tavsiyasiga ko‘ra, XX asrning 500 yetakchi rahnamolari safiga kiritildi hamda 1998 yilning salohiyatli ayoli deb tan olindi. 1999 yilda esa uning tarjimai holi Xalqaro intellektuallarning “Kim aslida kim?” kitobiga kiritildi. Qolaversa, akademik Malika Abdullaxo‘jayeva Xalqaro Biografiya Markazi tomonidan (Angliya, Kembridj) Oltin medal bilan taqdirlandi.
    Olima hozirgi kunda Respublika patologik anatomiya Markazi direktori, O‘zbekiston patalogo anatomlar Assotsiatsiyasi raisi, Patalogiya bo‘yicha Xalqaro Akademiyaning Markaziy Osiyo bo‘limi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy ilmiy kengash raisi, bemorlarning haq - huquqlarini himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy etika qo‘mitasi Raisi, O‘zROAK prezidiumi a’zosi, Tibbiy - biologik ixtisoslashgan ilmiy kengash raisi muovini, tibbiyotga oid bir necha jurnallarning xay’at a’zosi. Dersiz: Bir shaxsga bu vazifalar ko‘plik qilmasmikan? Javob beramiz: Kimga qanaqa, Malikaxonimga bu vazifalar sira og‘irlik qilmaydi. Chunki ular bir - biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ular ishida qatnashib, ko‘tarilgan muammolarni yechib, ko‘ngli taskin topadi,  ruxi ko‘tariladi, yana va yana fan va hayot dengizida ilgari intiladi...
    Olimaning asosiy ilmiy yo‘nalishi yurak - qon tomir va markaziy asab tizimi patalogiyasi, tibbiyot tarixi, transplantologiya va immunopatologiyaga qaratilgan. U patologik anatomiya soxasida yirik olima sifatida tanilgan. Ayni vaqtda O‘zbekistonda tabobat ilmining yangi yo‘nalishlaridan biri hisoblangan transplantatsion immunopatologiya asoschisidir.  
    Olima tomonidan birinchi marta homiladorlikdagi asoratlar (gestoz)ning immuponatologik jarayonlarga borliq ekanligi isbot qilindi va ularni bartaraf qilish uchun er - xotinlar orasidagi mutanosiblikni NLA bo‘yicha aniqlash taklif qilindi. Shu bilan birga, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasidagi o‘lim hodisalari immunotansiqlik va xastalikka chalingan onalar sababli ro‘y berishi aniqlandi. Ushbu tadqiqotlar natijasida u 7 ta mualliflik guvohnomasiga ega bo‘ldi. 212 ta ilmiy maqola, 12 ta monografiya, jumladan O‘zbekistop Respublikasi mustaqilligi yillarida 101 ta ilmiy maqola, 1 ta monografiya e’lon qildi. Tibbiyot institutlarining talabalari uchun o‘zbek va rus tillarida 4 ta darslik yaratdi. Bu nashrlar nafaqat bizning mamlakatimizda, balki qator xorijiy mamlakatlarda ham mashhurdir. Uning ilmiy maqolalari Rossiya, Ukraina, Frantsiya, Yugoslaviya, Germaniya, Turkiyada chop Olima tomonidan birinchi marta homiladorlikdagi asoratlar (gestoz)ning immuponatologik jarayonlarga borliq ekanligi isbot qilindi va ularni bartaraf qilish uchun er - xotinlar orasidagi mutanosiblikni NLA bo‘yicha aniqlash taklif qilipdi. Shu bilan birga, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasidagi o‘lim hodisalari immunotansiqlik va xastalikka chalingan onalar sababli ro‘y berishi aniqlandi. Ushbu tadqiqotlar natijasida u 7 ta mualliflik guvohnomasiga ega bo‘ldi. 212 ta ilmiy maqola, 12 ta monografiya, jumladan O‘zbekistop Respublikasi mustaqilligi yillarida 101 ta ilmiy maqola, 1 ta monografiya e’lon qildi. Tibbiyot ipstitutlarining talabalari uchun o‘zbek va rus tillarida 4 ta darslik yaratdi. Bu nashrlar nafaqat bizning mamlakatimizda, balki qator xorijiy mamlakatlarda ham mashhurdir. Uning ilmiy maqolalari Rossiya, Ukraina, Frantsiya, Yugoslaviya, Germaniya, Turkiyada chop etilgan. Uning “Pyrrolizidine alkoloids” monografiyasi 1987 yil Jenevada chet el olimlari bilan hammualliflikda chop etilgan.  
     U qator xorijiy mamlakatlarda, jumladan Belgiya, Frantsiya, Yugoslaviya, Veygriya, Yaponiya, Hindiston, Turkiya, AQSh da bo‘lib o‘tgan Xalqaro Kongresslarda ma’ruzalar qilib, O‘zbekiston tibbiyot ilmining qo‘lga kiritgan yutuqlarini munosib yorita olgan. Ko‘p yillar davomida Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (VOZ)da ilmiy maslahatchi va ekspert bo‘lib ishlagap. Olima Stendford universiteti va Kalkuttadagi vrachlar malakasini oshirish institutida ingliz tilida ma’ruzalar o‘qigan. U 60 ta nomzodlik hamda 12 ta doktorlik dissertatsiyalarga rahbarlik qilgan. Uping shogirdlari AQSh, Isroil, Hindiston, Misr, Yaman, Nepal va Markaziy Osiyodagi yirik tibbiyot markazlarida faoliyat yuritadilar.
    M.Abdullaxo‘jayeva mohir tashkilotchi bo‘lib, O‘zbekistonda birinchi marta Toshkent Davlat Tibbiyot instituti qoshida Markaziy ilmiy - tadqiqot laboratoriyasini ochgan. Tibbiy ilmiyot sohasida birinchi akademik ayol bo‘lmish M.Abdullaxo‘jayeva “Hurmat belgisi”, “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan mukofotlangan.    
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5