O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdullayev Muxtorjon

Biologiya  fanlari nomzodi, dotsent

    1931 yil 10 noyabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Shahardagi 1 - o‘rta maktabni  1947 yilda tamomlab, Farg‘ona  davlat pedagogika  instituti  tibbiyot - geografiya  fakultetiga o‘qishga kirgan. 1951 yilda  institutni imtiyozli diplom bilan tamomlab, geografiya kafedrasi o‘qituvchisi  lavozimida  ishladi.
  M. Abdullayev  Toshkent  tuproqshunoslik va  agrokimyo ilmiy tadqiqot  instituti  qoshidagi aspiranturaga  1960 yilda o‘qishga  kirib, uni 1963 yilda tamomladi . “Omonko‘tonning jigarrang tuproqlari”  mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini  1966 yili himoya qildi.  M.  Abdullayev  mehnat  faoliyati  davomida  kafedra, fakultet, institut  miqyosida katta tashkilotchilik, rahbarlik faoliyatini namoyon qildi. U 1966 yildan 1973 yilgacha  biologiya - geografiya fakultetida dekan o‘rinbosari, 1972 - 1973 yillarda  institut siyosiy  tashkilotining  boshlig‘i, 1974 - 1983 yillar  davomida  o‘quv ishlari  prorektori  lavozimlarida ishladi.
  M. Abdullayev o‘quv, tabiyaviy va rahbarlik  faoliyati  bilan birga  ilmiy - uslubiy  ishlarni ham samarali olib bordi. 1988 yilda  A. Maqsudov bilan  hamkorlikda  “Tuproqshunoslik asoslari  va tuproq geografiyasi”, 2001 yili “O‘rta Osiyo  tabiiy geografiyasi” o‘quv qo‘llanmalari  chop etildi. M. Abdullayevning  ko‘p  yillik samarali  mehnatlari davlatimiz tomonoidan munosib taqdirlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5