O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdullayeva Shamsenur Shavkatovna

Abdullayeva Shamsenur Shavkatovna    Abdullayeva Shamsenur Shavkatovna yosh bo‘lsa - da, ilm - fan rivojiga o‘z hissasini qo‘sha olgan, o‘zining qisqagina hayot yo‘lida hamisha ezguliklar qilishga oshiqib yashagan, kamtarin, olijanob inson, ilmga tashna izlanuvchan olima edi... Nima uchun edi dersiz?... Ushbu kitobga kiritish uchun oliygohlardan qahramonlar ro‘yxatini tuzayotgan paytimizda Toshkent Arxitektura va qurilish institutidan Shamsenur Abdullayevaning nomi ham berilgan edi. Afsuski, kitobning tayyorlanish jarayonida institut xotin - qizlar tashkiloti ko‘n o‘tmay Shamsenurning bevaqt hayotdan ko‘z yumganligini qayg‘u bilan ma’lum qildi va iloji bo‘lsa uni institut olimalari qatorida ro‘yxatda qoldirishni so‘rashdi. Uning porloq xotirasi, albatta,  hamkasblari, u bilim bergan shogirdlari qalbida mangu yashaydi.
  Shamsenur Abdullayeva 1975 yil 4 noyabrda Andijon viloyati, Shahrixon shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.
  Shamsenur Shavkatovna Toshkent Arxitektura va qurilish institutining "Qurilish texnologiyasi va tashkiliyoti" kafedrasida 2003 yildan katta o‘qituvchi sifatida ish boshlagan edi. So‘ngra yosh bo‘lishiga qaramay kafedra mudiri, dotsent lavozimlarida ishlagan. Shu yillar davomida u ham ilmiy faoliyati, ham pedagogik jarayonlarni birdek olib bordi. Ilmi, pedagogik mahorati, xulqu odobi bilan hurmat - e’tibor qozondi.
  U 1994 - 1999 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida “Rus tili va adabiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qigan.
  1999 - 2002 yillarda Qori - Niyoziy nomidagi Ozbekiston Fanlar Akademiyasi pedagogika ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi kunduzgi bo‘lim aspiranturasida tahsil olgan.
  2005 yilda  pedagogika   nazariyasi va   tarixi mutaxassisligi bo‘yicha "O‘quvchilar ijodiyqobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
  2008  yilda dotsentlik ilmiy unvonini oldi.
  2009  yilda Shamsenur Abdullayevaga Xalqaro "Antik dunyo" akademiyasi tomonidan "Xalqaro antik dunyo doktori" unvoni berilgan.
  Bu katta unvonga erishganda yosh olima endigina 34 yoshda edi... Xuddi o‘z umrining qisqaligini bilgandek u hamisha shoshilib, o‘zidan nimadir qoldirishga intilib, doimo izlanib yashardi. Shamsenur Abdullayeva  tomonidan 70 yaqin ilmiy va ilmiy - uslubiy ishlar nashr etilgan. Shular jumlasida 3 ta monografiya, 50 ta ilmiy maqola, 4 ta o‘quv qo‘llanma hamda 9 ta uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar.
  Dotsent Abdullayeva Shamsenur Shavkatovna rahbarligida institut professor- o‘qituvchilari tomonidan fanlardan o‘quv - uslubiy majmualar yaratildi, ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan modellari va xaritalari ishlab chiqilgan.
  Shamsenur Abdullaeva oilada ham yaxshi beka, mehribon ona,sadoqatli rafiqa bo‘lishga harakat qilardi. U o‘z hamkasbi bo‘lgan turmush o‘rtog‘i Aliyev Islombek bilan birgalikda 3 nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazayotgan edi. Biz Shamsenurning yaqinlariga sabr tilagan holda, farzandlarining komil, o‘zi singari ilmli va olijanob bo‘lib katta bo‘lishlarini niyat qilib qolamiz.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80